Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

Fundamental tadqiqotlar
bu inson, jamiyat, atrof muhitning 
tuzilishi, faoliyat ko‗rsatishi va rivojlanishning asosiy qonuniyatlari 
haqida yangi bilimlarni olishga yo‗naltirilgan tajribaviy yoki nazariy 
faoliyat. 
Amaliy tadqiqot
– bu aniq masalalarni echish va amaliy maqsadga 
erishish uchun yangi bilimlarni qo‗llashga yo‗naltirilgan tadqiqot. 
Tadqiqotchilik faoliyati
– bu inson, jamiyat, atrof-muhitning 
tuzilishi, faoliyat ko‗rsatish va rivojlanishini asosiy qonuniyatlari haqida 
yangi bilimlarni olishga qaratilgan va ularni amaliy maqsadga erishish 
uchun qo‗lashga yo‗naltirilgan faoliyat. 
Kognitiv
 
– tushunchali aparatni o‗zlashtirish darajasini, tadqiqot-
chilik faoliyati jarayonida shakllangan nazariy asosdan foydalanish 
qobiliyatini aniqlaydi. 
Shaxsiy (motivatsion, refleksiv)
bu tadqiqotchilik faoliyati 
jarayonida shaxsning motivlari va qadriyatili ko‗rsatmalari, talabaning 
refleksiyasidir. 
Faoliyatli
 
– tadqiqotchilik amallarini bajarish usularini o‗zlash-
tirishi darajasini, shakllangan ko‗nikmalarni, amallar usullarini va 
to‗plangan bilimlarni amalda qo‗llanish imkoniyatini belgilaydi. 
Talabalarning tadqiqotchilik faoliyati
– bu zamonaviy ilmiy 
tadqiqot metodlari, tajriba texnikasi yordamida ularni mustaqil nazariy 


283 
va tajribaviy ishlarni egallashga yo‗naltiriladigan ijodiy bilish faoliyati 
ko‗rinishi. 
Falsafiy metod
– bu qat‘iy belgilab qo‗yilgan yo‗qotishlar emas, 
balki abstraktlashning eng yuqori ―qavatlari‖ da turuvchi ―yumshoq‖ 
tamoyillar umumiy universal xarakterdagi operatsiyalar, usullar 
tizimidir. 
Faoliyatni tashkil etish
– bu faoliyatni yaxlit tizimga aniq 
xarakteristikalar, mantiiqy tuzilmalar va uni amalga oshirish jarayoni – 
vaqtli tuzilmadan kelib chiqqan holda, tartibga keltirishga yo‗naltirilgan 
jarayon. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin