Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

Texnologik uskuna
– texnologik jihoslash vositalaridir (asboblar 
yoki moslamalar), ular tayyorlanmalarni o‗rnatish va mahkamlash yoki 
ularga ishlov berish, tashish va hokazo ishlar uchun mo‗ljallangan 
to‗ldiruvchi jihozlardir. Moslamalarga potronlar, qisqichlar, press- 
qoliblar va shu kabilar shtangensirkullar, mikrometrlar, indikatorlar, 
skobalar (o‗lchov asboblari) va hokazolar kiradi. 
Texnologik jarayon (TJ) ishlab chiqarish jarayonining bir qismi 
bo‗lib; berilgan texnikaviy talablarga muofiq buyumlar olish maqsadida 
mehnat buyumlarining texnikaviy holatini o‗zgartiradi va (yoki) ketma-
ket aniqlaydi. Detallarni tiklashning texnologik jarayoni (DTTJ) 
yeyilgan (shaklini, fizik-mexanik xossalarini yo‗qotgan va shu kabilar) 
detallarni tiklash bo‗yicha operatsiyalarni o‗z ichiga oladi va bu ishlarni 
bajarish ketma- ketligini belgilaydi. Har qaysi detal yagona texnologiya 
bo‗yicha tayyorlanadigan mashinalar ishlab chiqarishdan farqli o‗laroq, 
detallarni 
tiklashda 
ta‘mirlanadigan 
detallar 
juda 
xilma- 
xil 
bo‗lganligidan va texnikaviy holatlari turlicha bo‗lganligidan texnalogik 
jarayonlar bir nechta bo‗ladi. 
Texnologik jarayonlar turli operatsiylardan iborat. Operatsiya deb 
texnologik jarayonning bitta ish o‗rnida bajariladigan tugallangan 
qismiga aytiladi. 
Ish o‘rni
– korxona tuzilmasining eng oddiy birligi bo‗lib, bu 
yerga ishlarni bajaruvchilar, ular xizmat ko‗rsatadigan ishlab chiqarish 
hamda transport jihozlari va mehnat buyumlari joylashtiriladi. 
Operatsiya bitta yoki bir nechta o‗tishlarda bajariladi. O‗tish deb 
o‗zgarmas texnologik rejimlarda va qurilmada ayni bitta asbob bilan 
bajariladigan operatsiya qismiga aytiladi. Ba‘zi hollarda o‗tishlar o‗tib 


39 
olishlarga bo‗linadi, yani ayni bitta sirt asbob o‗zgartirilmagan holda bir 
necha bor takror ishlanadi. Ish yo‗li deb ishchining operatsiyalarni, 
o‗tish yoki o‗tib olishlarni bajarish uchun zarur bo‗lgan (masalan; 
tayyorlanmalarni o‗rnatish va olish asbobini o‗zgartirish, nazorat uchun 
o‗lchash) tugallangan harakatiga aytiladi. 
U yoki bu korxonada qo‗llanadigan texnologik jarayon buyumlar-
ning texnikaviy shartlarida ko‗zda tutilgan aniqligiga va sifatiga doir 
barcha talablar bajarishini, eng kam mehnat sarflab va eng kam 
tannarxda amalga oshirishini ta‘minlashi, shuningdek, buyumlar 
tayyorlash va tiklashni ishlab chiqarish dasturida belgilangan miqdorda 
kam muddatlarda bajarilishini ta‘minlashi kerak. 
Ishlab chiqarish dasturi va tayyorlanadigan mahsulot turiga qarab 
ishlab chiqarishning uchta turi farqlanadi: yakkalab, seriyalab va 
ommaviy ishlab chiqarish. Yakkalab ishlab chiqarish bir xil buyumlar-
ning kichik hajmda ishlab chiqarilishi bilan tavsiflanadi, seriyalab ishlab 
chiqarish takror partiyalar bilan buyumlarni tayyorlash yoki tiklash bilan 
tavsiflanadi; ommaviy ishlab chiqarish – buyumlarni katta hajmda uzoq 
muddat davomida ishlab chiqarish bilan tavsiflanadi. 
Ishlab chiqarish turini tavsiflash uchun operatsiyalarni biriktirish 
K
ob 
koeffitsiyentlaridan foydalaniladi, u bir oy mobaynida bajariladigan 
yoki bajarilishi kerak bo‗lgan turli texnologik operatsiyalarning ish 
o‗rinlari soniga nisbatidan iborat. 
Ommaviy va ko‗p seriyali ishlab chiqarish 1=k
ob
<10, o‗rtacha 
seriyali ishlab chiqarishda 10ob
<20, kam seriyali ishlab chiqarishda 
20ob
<40, yakkalab ishlab chiqarishda K
ob 
ga chegara qo‗yilmaydi. 
Yakkalab va kam seriyalab ishlab chiqarishda yagona texnologik 
jarayon, o‗rtacha seriyali, ko‗p seriyali va ommaviy seriyali ishlab 
chiqarish uchun – tipaviy (namunaviy ) yoki guruhiy texnologik jarayon 
ishlab chiqiladi. 
Tur deganda konstruktiv jihatdan o‗xshash, faqat o‗lchamlari bilan 
farq qiluvchi tayyorlanmalar majmuyi tushiniladi. Turli buyumlarning 
detallari shakli, o‗lchamlari, ishlov beriladigan sirtlarning aniqligi va 
sifatiga qarab klass, klasschalar va turlarga guruhlanadi. 
Detallarni guruhlashda quyidagi tasniflardan foydalaniladi: korpus 
detallar, dumoloq sterjenlar, ichi kovak silindrlar, disklar, dumoloq 
bo‗lmagan sterjenlar. 


40 
Guruhiy TJ da bitta klassga quyidagi detallar birlashtirgan bo‗lib, 
ularda:
a)
tayyorlanmalarning 
shaklini 
tashkil 
etuvchi 
ummumiy 
elementlar bo‗ladi; 
b)
ishlov beriladigan sirtlar ishlov berilish aniqligi va g‗adur-
budurligi bo‗yicha o‗xshash; 
c)
bir jinsli boshlang‗ich tayyorlanmalar va ishlov beriladigan 
materiyallar; 
d)
o‗lchamlari bo‗yicha bir – biriga yaqin boshlangich tayyorlan-
malar. 
―Tayyorlanmalar guruhi‖ tushunchasi ―tayyorlanmalar turi‖ 
tushunchasidan kengroqdir, chunki guruhga turli shakilli, biroq bir xil 
elementli tayyorlanmalar kiradi. Guruhga ummumiy jihozlarga, 
texnologik uskunalarga, sozlashga va texnologik o‗tishlarga ega bo‗lgan 
tayyorlanmalar birlashtiriladi. 
U yoki bu TJ yaratilganda uning asosiga ayni guruh uchun xos 
bolgan detalni qabul qilish zarur, u kompleks detal deyiladi. U shu bilan 
farq qiladiki, uning ishlov berilishi kerak bo‗lgan sirti (tiklanishi zarur 
bolgan sirti) shu guruhdagi boshqa detallarning sirtidagi barcha 
elemenlarga ega bo‗ladi. Bu shuning uchun zarurki, loyihalanadigan TJ 
kompleks detalning shaklini tashkil etuvchi barcha elementlarga ishlov 
berishni o‗z ichiga olishi kerak.
Kompleks detal uchun tuzilgan TJ ni, jihozlarni biroz sozlab, ayni 
guruhdagi har qanday detal uchun qo‗llasa bo‗ladi. 
Avtomobilning asosiy parametrlarini ko‗rsatilgan darajaga yetka-
zish borasidagi tuzatishga oid barcha texnikaviy ishlar majmuasi

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin