Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

Lok pardalar 
– yupqa moy qatlamiga yuqori temperatura ta‘mir 
etish natijasida vujudga keladi. Ular shatunlar, porshenning ichki 
sirtlarida, tirsakli vallar va boshqa detallarda paydo bo‗ladi. 
Cho‘kindi – 
moy, yonilg‗i, qurum, chang, suv, yeyilish 
zarrachalar va boshqa mahsulotlardan hosil bo‗lib, karter paddoni, moy 
kanallari, klapan kallagi, moy filtirlariga, moy qabul qilgich devorlariga 
cho‗kadi. 
Asfalt smolali moddalar
– (asfaltenlar, karbenlar va karboidlar) 
yuqori temperatura va havo kislorodi ta‘sirida vujudga keladi. Ular 


48 
cho‗kindilar tarkibiga kiruvchi qattiq zarrachalardan iborat bo‗lib, 
detallarga abraziv ta‘sir etadi va ularni tez yeyilishga olib keladi. 
Quyqa dvigatellarning sovitish sistemasidagi suv sirkulyatsiya-
lanadigan sirtlarga o‗tiradi. U suvni 70-80
0
C temperaturagacha isitganda 
kaltsiy va magniy tuzlari ajralib chiqishi natijasida paydo bo‗ladi, 
quyqaning issiqlik o‗tkazuvchanligi metallning issiqlik o‗tkazuvchan-
ligidan 60-100 marta kam. Shuning uchun quyqaning juda yupqa 
qatlami ham issiqlik almashinuvchanlik sharoitini yomonlashtiradi va 
dvigatel detallarini o‗ta qizdiradi. 

 
3.2. Detallardagi ifloslik turlari va tozalash usullari 
Ta‘mirga qabul qilingan avtomobil kuzovlari va yurish qismining 
detallarida yo‗lda sachragan iflosliklar hisobiga, hosil bo‗lishi va fizik 
tavsifiga qarab har xil moyli balchiq, chirk, quyqa va korroziya, bo‗laklarga 
ajratilgan, agregatlar detallari ustida esa moy pardasi mavjud bo‗ladi. 
Detalning yuzasidagi bu iflosliklar yuvish-tozalash jarayonida ketkaziladi.
Ta‘mirlashga qabul qilish mashinalar (agregatlar) ni ta‘mirlash 
texnologik jarayonining birinchi operatsiyasi hisoblanadi. Mashina va 
agregatlarni ta‘mirlashga qabul qilish texnik shartlar (TSh) ga yoki ularni 
ta‘mirlashga topshirish-qabul qilishning vedomost ko‗rsatmalariga muvofiq 
amalga oshiriladi. TSh va ko‗rsatmalarga bir xil talab qo‗yiladi. 
Mashinalarni ta‘mirlashga topshirish va uni qabul qilib olish tartibi barcha 
tashkilot va ta‘miriash korxonalari uchun majburiydir. Ta‘mirlashga 
topshiriladigan mashinalar (agregatlar) ishlab chiqaruvchi korxonalar 
tomonidan nazarda tutilgan konstruktorlik hujjatlari talabiga to‗liq javob 
berishi kerak. 
Ta‘mirlashga topshirilayotgan mashinalar uzellarning texnik holati 
bo‗yicha kapital ta‘mirlashni talab qilishi va ular ta‘mir siklini o‗tagan 
bo‗lishi kerak. Agar ta‘mirlash imkoniyati bo‗lsa, avariya holatidagi 
mashinalami ham kapital ta‘mirlashga jo‗natish mumkin. 
Ta‘mirlashga jo‗natishdan oldin mashinadagi uzel va detallarni 
yaraqsiziga almashtirib qo‗yish man qilinadi. Agar agregat, uzel va 
detallarning almashtirilganligi hamda qaytadan foydalanish yoki 
ta‘mirlash imkoniyati yo‗qoladigan usullarda (birikkan detallarning 
konstruksiyasida ko‗zda tutilgan qotirish joylarini payvandlab qo‗yish) 
qotirilgan uzel va detallar borligi ma‘lum bo‗lib qolsa, ta‘mirlash 


49 
korxonasi mashinani ta‘mirlashga qabul qilishni rad etishi mumkin. 
Ta‘mirlashga qabul qilingan mashina uchun 2 nusxada qabul qilish-
topshirish dalolatnomasi tuziladi, ulaming biri ta‘mirlash korxonasida 
qoldiriladi, ikkinchisi esa buyurtmachiga beriladi (3.1-jadval). 
3.1-jadval

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin