56
- ekspluatatsiyaviy nuqsonlar;
- avariya oqibatida sodir bo‗lgan nuqsonlar.
Tuzilish nuqsonlari.
Avtomobillarni loyihalash jarayonida
konstruktorlar tamonidan qismlarning o‗lchamlarini, ularga ishlov berish
rejimlarini va h.k.larni belgilashda yo‗l qo‗yilgan xatolar asosida yuzaga
keladigan nuqsonlar.
Ishlab chiqarish nuqsonlari
. Avtomobillarni ishlab chiqarishda
konstruktorlar ta‘monidan belgilangan rejimlardan cheklanish, ya‘ni
detallarni ishlab chiqishda (ularning o‗lchamlari o‗zgarib qolishi), mate-
riallar tanlashda va termik ishlov berishda yo‗l qo‗yilgan
kamchiliklar
asosida yuzaga kelgan nuqsonlar.
Ekspluatatsion nuqsonlar:
Avtomobil detallarning mexanikaviy
ishqalanishi, detallarni kimyoviy termik jarayonlar ta‘sirida shikastlani-
shi hamda atrof-muhitning ta‘siri natijalarida tabiiy yeyilishi, noto‗g‗ri
ishlatishidagi zo‗riqishi natijasida detallarni
asta-sekin ishdan chiqishi,
sifatsiz yoki rusumi to‗g‗ri kelmaydigan ekspluatatsion materiallardan
foydalanilishi va texnik xizmatlarni o‗z vaqtida o‗tkazilmasligi
natijasida shikastlanishi hamda TXK va Tning sifatsiz o‗tkazilishi
asosida yuzaga kelgan nuqsonlar.
Bulardan tashqari ekspluatatsion nuqsonlar qatoriga detallarni tekis
va notekis yeyilishi, tirnalishi, sinishi, uzilishlari kiradi.
Dvigatelni
noto‗g‗ri ishlatish, zo‗riqtirish va qo‗yilgan kuchlanishlar har xil
bo‗lganligi tufayli qismlarni bir tekis yeyilishi kamdan-kam uchraydi.
Detallari asosan konus, ovalsimon bo‗lib yeyilishi ko‗p tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: