57
3. Avtomobilni ishlatish jarayonida konstruksion nuqsonlarga
e‘tibor bermaslik va ularning oldini o‗z vaqtida olmaslik tufayli yeyilish
jarayoni tezlashadi.
3.4. Detallarning mexanik buzulishlari
Detallarning mexanik buzulishlari asosan yeyilish, yeyilish esa
ishqalanish ta‘sirida yuz beradi. Bu o‗z navbatida detallarning geometrik
o‗lchamlari o‗zgarib borishiga olib keladi va natijada har xil nuqsonlar
yuzaga keladi (1.31., 1.3.2. bandlar).
Avtomobil va uning agregatlarida
ekspluatatsiya jarayonida
yuzaga kelgan ko‗pchilik mayda buzilishlar, nosozliklar qayta
tiklashgacha bo‗lgan me‘yoriy davrida avtomobillarni ishlashini
ta‘minlash uchun bi-lan avtomobil transporti korxonalarining o‗zida
bartaraf etiladi.
Qismlarga ajratish ketma-ketligi texnologik kartalarga aniq mos
kelishi lozim. Agar texnik hujjatlar bo‗lmasa, qismlarga ajratish paytida
yengil shikastlangan bo‗lishi mumkin (moy va ta‘minlash trubkalari,
shlanglar, tortqilar, richaglar va boshqalar). So‗ngra boshqa ish o‗rin-
larida qismlarga ajratiladigan yig‗ilgan holdagi alohida uzellar olinadi.
Ko‗p boltlar bilan mahkamlangan cho‗yan detallarni olishda darzlar pay-
do bo‗lmasligi uchun avval barcha
boltlar yoki gaykalar yarim
aylanishga bo‗shatiladi va faqat shundan keyingina ular burab
chiqariladi. Zanglagan bolt va gaykalarni burab chiqarish oldidan ularga
kerosin tomiziladi.
Mahkamlash
detallari
(boltlar,
gaykalar,
stoporlash
va
prujinasimon sqaybalar) to‗rsimon yashiklarga solinadi. Bu detallarni
qismlarga ajratgan zahoti sortlarga ajratgan ma‘qul. Bolt, gayka, shtutser
va probkalarni pubilo va bolg‗alar ishlatib, burab bo‗shatishga ruxsat
etilmaydi. Shakldor gaykalar va shtutserlarni faqat maxsus kalitlar bilan
burab bo‗shatish lozim.
Presslab biriktirilgan detallar faqat press yoki s‘eyomnik va
moslamalar yordamida chiqarib olinadi.
Ayrim hollarda shriftlar,
vtulkalar va o‗qlar mis uchli maxsus urib chiqargichlar va mis muxrali
bolg‗achalar bilan urib chiqargichlar va mis muxrali bolg‗achalar bilan
urib chiqariladi. Detallarni presslab chiqarish mumkin bo‗lgan joyda
58
ular presslangan tomon yo‗nalishida chiqarilishi lozim. Bu sirtlarning
shikastlanishini kamaytiradi.
Podshipnikni korpusdan presslab chiqarishda
kuch sirtqi xalqaga,
valdan
presslab
chiqarishda
esa
ichki
xalqaga
tushiriladi.
Podshipniklarni urish asbobi bilan presslab chiqarish man etiladi.
Olingan detallarni yuvish mashinalariga tashish uchun ular stellaj va
moslamalarga shunday joylashtiriladiki, bunda ularning ish sirtlari
shikastlanmasin.
Yasalayotganda yig‗ilgan holda ishlov beriladigan detallarni (o‗zak
podshipniklar qopqoqlari blok bilan birga, shatun qopqoqlari shatun
bilan birga, ketingi ko‗prik vali uyasi qopqoqlari va boshqalarni)
komplektlash
mumkin
emas.
Bundan
tashqari,
birgalikda
muvozanatlangan detallarni (maxovik va kardanli vallar, ilashish muftasi
detallari va boshqalarni), shuningdek, ishlab moslangan detal juftlari va
keyin ishlashga yaroqli detallar:
bosh uzatmaning konussimon
shesternyalari, taqsimlash shesternyalari, moy nasosi shesternyalari va
boshqalarni egasizlantirish taqiqlanadi. Egasizlantirilmaydigan detallar
belgilab qo‗yiladi, sim bilan bog‗lanadi, yana boltlar bilan biriktiriladi,
alohida savatlarga solinadi yoki ularning komplektliligi
boshqa usullar
bilan saqlanadi.
Ayrim qo‗zg‗almas birikmalar faqat yaroqli-yaroqsizga ajratiladi-
gan keyingina qismlarga ajratiladi. Chunonchi, klapanlar vtulkalari,
taqsimlash vallari vtulkalari va boshqa detallar o‗z joyida, presslab
chiqarilmay, kattalashtirilgan yoki navbatdagi remont o‗lchamiga
moslab yo‗nilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: