101
- bolg‗alash yo‗li bilan (pravka udarom);
- termik yo‗l bilan.
Statik yuklash ta‘sirida asosan, tirsakli vallar, taqsimlash vallari
uzatmalar qutisini vallari, yarim o‗qlar, shatunlar, silindir galovkasi o‗q
balkalari va shunga o‗xshash ko‗pgina detallar
press ostida va boshqa
moslamalar yordamida to‗g‗rilanadi.
Detalni egriligini tog‗irlash uchun, u pressga o‗rnatiladi va
yumshoq tiqin 5 orqali tashqi kuch R ta‘sir ettiriladi. Bunda detalni
to‗g‗rilash va qoldiq deformatsiya hosil qilish uchun uni teskari
tomonga 10-15 marta ortiq darajada egish lozim.
Press ostida sovuqlay to‗g‗rilaganda
detalni shakli har doim
barharor bo‗lavermaydi. Detal saqlanayotganda yoki qisqa vaqt ishla-
ganda uni o‗z-o‗zidan o‗zgarib qolishi mumkin. Press yordamida to‗g‗-
rilaganimizda detall, unga qo‗yilgan kuchlanishni olishimiz
bilan
qadimgi
holiga qaytmasligi uchun, u kuch ta‘sirida uzoq vaqt turishi
lozim.
To‗g‗rilashda detal qarama-qarshi tomonga egiladi so‗ngra u qayta
to‗g‗rilanadi, so‗ngra tog‗rilangan joyga qayta termik ishlov beriladi.
Detalni press yordamida sovuq holatda to‗g‗rilanganda yuzaga kelgan
ichki kuchlanishlarni yo‗qotish va uning
yana deformatsiyalangan
holatga qaytmasligini ta‘minlash uchun, detal 400-450
0
C gacha
qizdirilib 0,5-1 soat shu haroratda ushlab turiladi. Qizdirish vaqtining
davri detalning katta-kichikligiga bog‗liq.
Bolg‗alash yo‗li bilan to‗g‗rilash (pravka udarom) Ta‘mir korxo-
nalarida eng keng tarqalgan usuldir. Bu usul bilan to‗g‗rilanadigan ba‘zi
detallar oldindan ozroq qizdirilishi mumkin. Bolg‗alash yo‗li bilan
to‗g‗rilashda detal maxsus joyga qo‗yilib elastik materiallar (charm,
tekstolit)dan tayyorlangan, og‗irligi 300-500 g bo‗lgan bolg‗alardan
foydalaniladi.
Bolg‗alash yo‗li bilan nisbatan kam deformatsiyalangan detallar
to‗g‗rilanadi.
Bu usulning afzalligi, to‗g‗rilangan detallar aniqligi va
turg‗unligidir.
Termik yo‗l bilan asosan listli detallar to‗g‗rilanadi. Buning uchun
detallar avval bolg‗alanib to‗g‗rilanadi, so‗ngra gaz gorelkasi yordamida
600-700
0
S haroratgacha qizdiriladi. Natijada detal isib kengayadi va so-
vish paytida siqilish kuchlari ta‘sirida to‗g‗rilanadi. To‗g‗rilash
jarayonini 5 martagacha tezlatadigan bu usul bilan vallar, o‗qlar, trubalar
102
va burchak materialdan tayyorlangan boshqa detallar ham to‗g‗rilanishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: