VI BOB. DETALLARNI PAYVANDLASH VA ERITIB QOPLASH 6.1. Umumiy ma’lumotlar. Payvandlash va eritib qoplash turlari. Payvandlashning bu turlari, mexanizatsiyalashtirilgan avtomatlash-
tirilgan va yarim avtomatlashtirilgan hamda mexanizatsiyalash-
tirilmagan
(dastaki)
bo‗lishi
mumkin.
Payvandlashni
mexanizatsiyalashtirilgan jumlasiga flyus qatlami ostida, himoyalovchi
gazlar muhitida, suv bug‗i muhiti, yarim avtomatik va avtomatik
payvandlash, vibro-yoy bilan payvandlash, kontaktlab payvandlash,
ishqalab payvandlash va plazma-yoy yordamida payvandlash kiradi.
Dastaki gazli payvandlash usulida 2 mm gacha qalinlikdagi, kam
uglerodli va kam legirlangan po‗latdan, shuningdek, cho‗yan va rangli
metallardan tayyorlangan detallarni payvandlashda foydalaniladi.
Dastaki usulida elektr yoyi vositasida po‗lat va cho‗yandan murak-
kab
shakilli
qilib
yasalgan
detallar,
shuningdek,
alyumin
qotishmalaridan tayyorlangan detallar payvandlanadi va ular sirtiga
boshqa metall yoki qattiq qotishma suyuqlantirib qoplanadi. Argon-yoy
vositasida dastaki payvandlash usulidan rangli metallardan yasalgan
detallarni payvandlashda foydalaniladi.
Biz yuqorida ko‗rib o‗tilgan himoyalovchi gazlar muhitida elektr
vositasida yarim avtomatik va avtomatik payvandlash usullari uglerodli
hamda kam legirlangan va yupqa listli pulatlardan yasalgan detallarni
payvandlashda qo‗llaniladi. Shuningdek, suv bug‗i muhitida elektr-yoyi
vositasida yarim avtomatik va avtomatik payvandlash usulida po‗lat va
cho‗yandan yasalgan detallarni payvandlashda foydalaniladi.
Plazma-yoy vositasi yarim avtomatik va avtomatik payvandlashda,
hamda qattiq qotishmalarni suyuqlantirib qoplash usuli qattiq qotishma-
lardan va qiyin suyuqlanuvchi metall va qotishmalardan tayyorlangan
detallar uchun qo‗llaniladi. Payvandlashning yana bir turi bo‗lgan
kantaktli payvandlash usuli yordami bilan yupqa listli po‗latni va rangli
metallarni bir-biriga uchma-uch, nuqtaviy va choklab payvandlashda
qo‗llaniladi.