Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


Elektr yoyi vositasida payvandlash rejimi



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

Elektr yoyi vositasida payvandlash rejimi.
Elektr yoyi vositasida 
payvandlashda yoy mumkin qadar qisqa bo‗lishi kerak. Yoy qisqa 
bo‗lganda havoi suyuqlangan metallga kam ta‘sir etadi, natijada chokning 
mexanikaviy puxtaligi yuqori bo‗ladi. Tokning ish kuchlanishi qisqa yoyda 
11-15v, uzun yoyda 25v bo‗ladi. Buni biz 6.2- rasmda ko‗rishimiz mumkin. 
6.2-rasm. Payvandlash yoyi: 
1- elektrod; 2- krater; 3- anodli nuqta; 4- payvandlanadigan metall;
5 - payvandlash hovuzi; 6 - yoyning ustuni; 7 - gaz buluti; 8 - katodli 
nuqta 
Payvandlash tokining qiymati payvandlanayotgan detalning
metalliga, uning qalinligiga, elektrodning o‗lchamiga, payvandlash 
tokining turiga, elektrodning turiga (qoplamsiz, yupqa qoplamli yoki 
qalin qoplamli ekanligiga) chokning fazodagi vaziyatiga bog‗liq. 
6.1-jadvalda payvandlanadigan metall qalinligi va elektrod 
diametri hamda payvandlash toki orasidagi tavsiya etilgan bog‗lanish 
keltirilgan. Ishlab chiqarishda eng ko‗p qo‗llaniladigan 4-5 mm li 
elektrod ishlatiladi. 
6.1-jadval 


114 
Payvandlanadigan metallning 
qalinligi, mm 
Elektrodning 
diametri, mm 
Payvandlash toki. a. 
2-3 
4-6 
7-10 
11-15 

2-3 
3-4 
4-5 
100 
100-150 
150-200 
200-250 
Elektrodni va elektrod qoplamini tanlash.
Metallni elektr yoyi 
bilan suyuqlantirish jarayonida quyidagi metallurgiyaviy jarayonlar: 
chok metalining oksidlanishi, chok metalining azotga va vodorodga 
to‗yinishi hamda legirlovchi komponentlarni ko‗payib ketishi va suyuq 
metallning atrofga sachrashi kuzatiladi.
Kislorod metallda yaxshi erib temir bilan reaksiyaga kirishishida 
oksidlar hosil qiladi. Bu oksidlar qattiq yoki gassimon holatda bo‗lishi 
mumkin. Metallda erimaydigan suyuq oksidlar shlakka o‗tadi yoki 
qisman metallning donalari orasida shlakk qo‗shilmalar orasida qotib 
ketadi. Hosil bo‗lgan oksidlarni qaytarish va metallni sachrashini
kamaytirish uchun elektrod qoplami tarkibiga qaytaruvchi moddalar 
(ferromarganez, ferrosilitsiya va boshqalar)ni kiritish tavsiya etiladi. 
Metallning choki havo kislorodidan himoyalanganda metalldagi legir-
lovchi komponentlarning kuyishi kamayadi.
Kuyib ketgan komponentlarning o‗rnini to‗ldirish maqsadida 
payvandlash uchun legirlovchi elektrodlar ishlatiladi va elektrod
qoplami tarkibi legirlovchi moddalar kiritiladi. 
Payvandlashni dastaki usulida elektr yoyi vositasi bilan 
bajarilganda kam uglerodli simdan yasalgan elektrodlar ishlatiladi, shu 
yo‗l bilan metallni sachrashini kamaytirish mumkin. Po‗latni 
payvandlashda ishlatiladigan metall elektrodlar ikki guruhga: 
1.Payvandlash elektrodlari. 
2.Ishlash imkoniyatini qayta tiklanayotgan detallarga suyuqlantirib 
qoplash elektrodlarga bolinadi. 
Payvand birikmaning, yoki suyuqlantirib qoplash yo‗li bilan 
tiklangan detallning, qoplangan qatlamini mexanikaviy puxtaligini oshi-
rish uchun, elektrodlar yasaladigan pulat sim birmuncha talablarni 
qondirishi kerak. Jumladan, elektrodning suyuqlanganidan keyin 
sachramasligi. Elektrod osoyishta suyuqlanishi uchun elektrod sim 
tozza, zangsiz va kuyindisiz (aks holda payvandlanadigan joydan juda ko‗p 
gaz paydo bo‗ladi), uglerodi kam, tarkibida marganets bo‗lishi shart. 


115 
Metallni tarkibidagi marganets metallning osoyishta suyuqlanishiga imkon 
yaratadi.
Marganets temir oksidlarini qaytaradi va shuning uchun oksidlar-
ning o‗glerod vositasida qaytarilish imkoniyati kamayib, kamroq gaz 
hosil bo‗ladi. Talab etilgan kimyoviy tarkibli va mexanikaviy xossali 
chok metallni hosil qilish uchun, elektrod simi tarkibida payvandlash 
jarayonida kuyib ketadigan komponentlardan (xrom va b.q.) yetarli 
miqdorda bo‗lishi lozim.
Elektrod simining suyuqlanish harorati, asosiy metallni suyuqlanish 
haroratiga yaqin bo‗lishi kerak. Fizika kimyoviy xossalar yuqori bo‗lgan 
chok hosil qilish uchun, chok metallini (suyuqlangan vannani) havo ta‘siri-
dan saqlashimiz uni marganets, kremniy va boshqa elementlar bilan 
legirlash kerak. Legirlash uchun elektr yoyi vositasida, dastaki payvand-
lashda metall elektrodlar sirtida qalin sifatli qoplam hosil qilinadi. Bu 
talablarni qondirish uchun elektrodlarning sifatli qoplamlari tarkibiga 
barqarorlovchi (stabillovchi), himoyalovchi va legirlovchi komponentlar 
kiritiladi.
Bu komponentlarni biz ayrim-ayrim ko‗rib chiqamiz: barqaror-
lovchi komponentlar payvandlash joyini yuqori darajada turg‗un qiladi. 
Yoyning barqarorligi elektrodlar oralig‗ining ionlanish darajasiga 
bog‗liq bo‗ladi. Havodagi malekulalarni ionlarga ajralishi juda yuqori 
haroratda sodir bo‗ladi. Shu sababga ko‗ra yoyni turg‗unlash uchun 
uning yonish oralig‗ida oson ionlanadigan komponentlardan, bo‗r 
(SaSo
3
), potash (K
2
SO
3
) va titanli konsentrat (asosi TiO
2
bo‗lgan) 
kiritiladi. 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin