13
nisbiy siljiganda vujudga keladigan qarshilik kuchidan iborat.
Ishqalanish kuchini kamaytirish uchun ishqalanish sirti moylash
materiali bilan moylanadi.
Avtomobil ishlashi natijasida uning yuqoridagi ko‗rib o‗tilgan
parametrlari o‗zgarib boradi. Uning agregatlarining holati o‗zgaradi yoki
avtomobilni agregat va qismlarini ta‘mirlash lozim bo‗lib qoladi.
Bir jism tarkibidagi qismlarda sodir bo‗ladigan va ularning nisbiy
harakatiga qarshilik qiluvchi ishqalanish ichki ishqalanish deb ataladi.
Bunday ishqalanish, asosan, suyuqlik va gazlarda namoyon bo‗ladi.
Ichki ishqalanishga misol tariqasida
V-
tezlik bilan tekis harakat qiluvchi
qo‗zg‗almas plastinka
A
ga nisbatan parallel va plastinka B ta‘sirida
harakat qiluvchi suyuqlikni ko‗rsatishimiz mumkin (1.4- rasm). Ichki
ishqalanish ta‘sirida
A
va B
plastinkalar yaqinidagi suyuqlik
zarrachalarining tezligi tegishli plastinkaning tezligiga mos kelishi
kuzatiladi, ya‘ni harakatlanuvchi plastinka
B
yaqinida suyuqlik
zarrachalarining tezligi eng katta, qo‗zgalmas plastinka
A
yaqinida esa
eng kichik bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: