6.3-rasm. Flyus qatlami ostida payvandlashda, payvandlash
vannasi
.
117
1-sovuq metall; 2-suyuq shlak; 3-shlak qobiq; 4-suyuqlatib tushurilgan
metall.
Buning natijasida erigan metall yuqori plastiklikka ega bo‗ladi,
chunki unda kislorod miqdori qo‗lda payvandlagandagiga nisbatan
taxminan 20 marotaba, azot mirqdori esa 3 marotaba kam bo‗ladi.
Bundan tashqari, erigan flyus 7 qatlami metallning sachrashini va uning
kuyishini kamaytiradi, suyuqlantirib qo‗yilgan metall
8
yaxshi qoplama
hosil qiladi, yoy issiqligidan va elektrod simidan foydalanishni
yaxshilaydi. Sovishda hosil bo‗lgan shlak qatlami 7 erigan metallni
sekin sovitadi va undagi struktura o‗zgarishlarini yaxshilaydi.
Flyus qatlami ostida payvandlashda (suyuqlantirib qoplashda)
metallning sachrashi va kuyishi natijasida isrof bo‗lishi 2-4% dan
oshmaydi, qo‗lda payvandlanganda esa bu ko‗rsatkich 25...30% ga
yetadi. Elektrod simining chiqishi (mm shlak
4
dan detal
9
gacha
bo‗lgan masofa)ni 15..20 mm gacha kamaytirish hisobiga ish unumini 8-
10 marotaba oshirish mumkin. Eritib qoplash to‗g‗ri qutbli kuchlanish
25...40 V bo‗lgan o‗zgarmas tokda olib boriladi. Odatda, suyuqlantirib
qoplash stanogi sifatida tokarlik dasrgohidan foydalaniladi, unda
reduktor yordamida shpindelning 0,2...5 min
-1
aylanish chastotasini hosil
qilish mumkin.
Flyus qatlami ostida payvandlash (eritib qoplash) ning kamchiligi
elektr yoyini ko‗rib bo‗lmaslik hisoblanadi. Bu esa payvandlashda
murakkab shaklga ega bo‗lgan choklarni olishni qiyinlashtiradi.
Flyusning ko‗p sarf bo‗lishi va narxining yuqoriligi ham uning
kamchiligi hisoblanadi.
Flyus va elektrodlar. Flyuslar donador moddalar aralashmasi
bo‗lib, eriganda ta‘mirlanadigan detalning sirtini qoplovchi shlak hosil
qiladi. Shunday qilib, flyuslar quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
- erigan metallni havodagi kislorod va azotning salbiy ta‘siridan
himoya qilish;
- elektr yoyining turg‗un yonishini ta‘minlash;
- suyuq metallning qotish jarayonini sekinlashtirish va payvandlash
davrida hosil bo‗ladigan gazlarning chok metalidan ajralib chiqishi
uchun qulay sharoit tug‗dirish;
- issiqlikning atrof-muhitga tarqalishini, elektrod metali kuyishi va
sachrash natijasida sarf bo‗lishini kamaytirish;
118
- chok sirtida hosil bo‗ladigan shlaklarning oson ajralishi.
Payvandlashda vazifasi, kimyoviy tarkibi va tayyorlash usuliga
bog‗liq holda turli flyuslar ishlatiladi. Vazifasiga ko‗ra flyuslar
uglerodli, kam legirlangan va yuqori darajada legirlangan po‗latlarni,
rangli metall va qotishmalarni payvandlash uchun ishlatiladigan
xillarga bo‗linadi.
Ayrim flyuslar universal bo‗ladi, ular yuqori darajada legirlangan
po‗latlarni payvandlashda ham, rangli metall va qotishmalarni payvand-
lashda ham ishlatilishi mumkin. Kimyoviy tarkibi bo‗yicha flyuslar
marganess, kremniy va marganes miqdori ko‗p bo‗lgan hamda
kislorodsiz ftoridli xillarga bolinadi.
Ta‘mirlash korxonalari amaliyotida H
n
-30, H
n
-50G, N
n
-3Ox5, H
n
-
45x4l33F markali elektrodlar keng tarqalgan.
Yorilgan detallarni ta‘mirlashda diametri 2,5... 5,5 mm bo‗lgan
kukun holdagi metalldan yasalgan simlar ko‗proq ishlatilmoqda. Ularda
to‗ldiruvchi sifatida metall kukunlari aralashmasi, ferroqotishmalar,
shlak hamda gaz hosil qiluvchilar va boshqa elementlar qo‗llanilmoqda.
Shunday qilib, PP-AN1, PP-lDSK markali simlar yordamida qo‗shimcha
himoya vositasisiz ham yaxshi sifatli choklarni hosil qilish mumkin. PP-
3X13≈0, PP=3x4VZF=0 markali simlar esa yeyilishga chidamli,
qo‗shimcha termik ishlov berilmagandagi qattiqligi HRC- 56 bo‗lgan
qatlam hosil qilish imkonini beradi.
O‗rmalovchi zanjirli traktorlarning tayanch g‗altaklari, yo‗nalti-
ruvchi g‗ildiraklari va shu kabi ko‗proq yeyilgan detallarni ikki va undan
ortiq etektrodni eritib qoplash yordamida hamda po‗lat yoki metall
kukunidan yasalgan lentasimon elektrodlardan eritib qoplash yordamida
ta‘mirlash mumkin.
Payvandlash oralig‗idagi suyuq shlak bilan gazlar, payvandlash
vannasini havodan saqlab turadi, harorat ko‗tarilishi bilan payvandlash
vannasidagi gazlarni bosimi ham ko‗tariladi. Shuningdek, gazlarning bir
qismi suyuq shlakni yorib tashqariga chiqib ketadi. Bunda vannadagi
gazning hajmi kamayadi va shu taqlidda jarayon takrorlanadi, lekin
vannada hamma vaqt ortiqcha bosim bo‗ladi. Bu bosim atmosfera
havosining kirishiga to‗sqinlik qiladi. Suyuq shlak sovib, parda hosil
qiladi. Bu parda normal chok shakillanishiga imkon beradi, suyuq metal-
lni sovishini sekinlashtiradi. Zarur tarkibiy o‗zgarishlar sodir bo‗lishiga
sharoit yaratadi va metallni atrofga sachrashiga yo‗l qo‗ymaydi.
119
Flyus qatlami ostida payvandlashning odatdagi usulda payvand-
lashga qaraganda bir muncha afzalliklari bor. Flyus qatlami ostida
payvandlashda jarayon ish unimining yuqori bo‗lishi va jarayonning
avtomatik ravishda bajarilishi, chok metallining yuqori sifatli chiqishi va
uning mexanik xossalarini talab etilgan darajaga keltirish uchun to‗la
imkoniyat borligi, yashirin yoy bilan ishlaganligi uchun payvandchi
mehnat sharoitining yaxshilanishi, katta zichlikdagi tok ishlatilganligi,
elektr energiyasidan va elektrod simdan to‗laroq foydalanganligi sababli
payvandlash ishlari bahosining ancha pasayishi, flyus qatlami ostida
payvandlashning afzalliklar jumlasiga kiradi.
Payvandlashning ish unumi vaqt birligi ichida suyuqlantirib tushu-
rilgan metallning og‗irligi bilan aniqlanadi. Biz uni quyidagi formula
yordami bilan hisoblab topishimiz mumkin.
Q
K
s.t
L
p.t
,g
s
bu yerda
Dostları ilə paylaş: |