125
6.5-rasm. Tebranma yoy vositasida avtomatik suyuklantirib qoplash
qurilmasining sxemasi
:
1-detal; 2-suyuqlantirib qoplash golovkasi; 3-elektromagnitaviy
vibrator; 4-elektrod sim uralgan kasseta; 5-sim uzatish mexanizmi;
6-tok manbai; 7-sovitish suyuqligi uzatishga mo„ljallangan dvigateli bor
nasos; 8- induktiv qarshilik; 9-suyuqlik baki.
Elektr taqsimlash moslamasi rostlanuvchi induktiv qarshilikni,
simning tebranish amplituda qiymatini rostlash avtotransformatorini
ulash vazifasini o‗taydi. Tebranma yoy vositasida suyuqlantirilib
qoplash protsessi ancha unumli bo‗lib, po‗latdan, bolg‗alanuvchi va kul
rang cho‗yanlardan yasalgan detallarning ishlash imkoniyatini
tiklashda
qalinligi 0,3 dan 2,5 mm gacha va undan ortiq qoplamlar hosil qilishga
imkon beradi. Bu usuldan sirtki va ichki silindrik yuzalarni, rezbali
yuzalarni hamda shlitsalarni qalinlashtirishda foydalaniladi.
Suyuqlantirib qoplash golovkasi esa stanok supportining ko‗ndalang
chekkasiga o‗rnatiladi. Elektrod sim suyuklantirib qoplash joyiga keltirish
mexanizmi yordamida golovkaning tebranuvchi mundshtugi orqali uzati-
ladi. Mundshtukning har gal tebranishida elektr sim detalining yuzasiga uri-
nadi, tok ta‘sirida suyuklanadi va mundshtuk uzoqlashganda detal yuzasida
metall zarrasi qoldiradi. Bunday sikllarning ko‗p
marta takrorlanishi
natijasida detalning yuzasida suyuklantirib qoplangan metall qatlami hosil
bo‗ladi. Suyuqlantirib qoplash protsessi himoyalovchi gaz muhitida yoki
havoda suyuqlik yuborish usuli bilan amalga oshirilishi mumkin.
126
Himoyalovchi gazlar muhiti payvandlashda suyuqlantirib qoplash
usulidan detallarni ishlash imkoniyatini tiklashda keng foydalaniladi.
Bunda himoyalovchi gaz, payvandlanayotgan joyga ortiqcha bosim bilan
uzatilganligidan, yoy ustuni hamda suyuqlangan
payvandlash vannasi,
havoni kislorodi va azotidan ajratiladi (6.6-rasm).
Dostları ilə paylaş: