Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


-rasm. Yoyning himoyalovchi gaz oqimida yonish sxemasi



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
6.6-rasm. Yoyning himoyalovchi gaz oqimida yonish sxemasi

1- elektrod simi; 2- payvandlash gorelkasi; 3- himoyalovchi gazning 
oqimi; 5- suyuqlangan metall. 
Ta‘mir ishlarida suyuqlantirib qoplash usuli, asosan yarim avtomatik 
va avtomatik ravishda qo‗llaniladi. Bu usulda uglerodli, kam legirlangan 
po‗lat hamda cho‗yanni payvandlashda karbonat angidrid, rangli metallarni 
va ko‗p legirlangan po‗latlarni payvandlashda esa argon ishlatiladi. 
Karbonat angidrid ishlatilib payvandlashni (suyuqlantirib qoplash-
ning), dastaki usulida elektr yoy vositasida va flyus qatlami ostida 
payvandlashga qaraganda quyidagi afzalliklari bor: 
- flyus yoki elektrod qoplamiga zaruriyat qolmaydi; 
- fazoda har qanday vaziyatda turgan detallarni payvandlash va
suyuqlantirib qoplash imkoniyatini beradi; 
- payvandlash jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish 
imkoni tug‗uladi; 
- mehnat unumi dastak va boshqa usul payvandlashga nisbatan 20-
70% yuqori bo‗ladi. 
Himoyalovchi gazlar muhiti payvandlash usuli, yuqorida 
ko‗rsatilgan rasmda aniq ta‘svirlangan. Bu usul asosan turli ta‘mir 
zavodlarida ishlatiladi, hamda bunda, yarim avtomatik payvandlash 


127 
usulida ishlaydigan A-547, A-547U, A-547R, PDPG-300 agregatlari, 
hamda qayta uskunalangan PSh-5, PSh-51 shlangli yarim avtomatlar 
ishlatiladi. Karbonat angidrid muhitida payvandlashda ishlatiladigan 
ba‘zi yarim avtomatlarning xarakteristikalari 6.2-jadvalda berilgan. 
Karbonat angidrid muhiti payvandlashda kichik (0,8-2,0 mm) 
diametrli elektrod sim va nisbatan katta zichlikdagi tok ishlatiladi. Yoyning 
chekka qismini soplo uchidan kelayotgan gaz sovitadi. Karbonat angidrid 
muhitida detallar qisqa yoy vositasida payvandlanadi, bunda yoyning 
uzunligi, hamda tokning zichligi katta chegarada o‗zgarmasligi kerak. 
 
6.2-jadval 
Yarim avtomat 
Simning diametri, 
mm 
Payvandlash 
tokining kuchi, a 
Simning uzatilish 
tezligi, m(s. 
A-547 
0,8-1,2 
200 gacha 
120-410 
A-547 R 
0,8-1,0 
200 gacha 
100-360 
PDPG-300 
0,8-2,0 
300 gacha 
90- 600 
Bunday sharoitda yoy razryadi ko‗tariluvchi statistik tasnifga ega 
bo‗ladi. Yoy pasayuvchi tasnifli tok manbaidan ta‘minlanganda, o‗z-
o‗zidan rostlanish jarayoni sekin boradi. Shlakning yo‗qligi esa qavatli 
choklar hosil qilishga imkon beradi. Bunda elektrod sarfi kam qizishi 
natijasida kamayadi.

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin