Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


Detallarni metallash yo‘li bilan ta’mirlash. Metallash turlari



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
6.6. Detallarni metallash yo‘li bilan ta’mirlash. Metallash turlari. 
 
Yeyilgan detallarni sirtiga metal kukunlarini purkash orqali ham 
ularni tiklash mumkin. Bu jarayonning mohiyati shundaki, oldindan 
suyuqlantirilgan metall, tiklanadigan detallning sirtiga siqilgan gaz 
(havo) oqimi bilan purkaladi. Purkalgan metall detalning sirtiga 
urilganda deformasiyalanadi, sirtdagi g‗ovaklarni va notekisliklarni 
to‗ldirib, qoplam hosil qiladi. 
Bu usulning afzalliklariga quyidagilarni keltirish mumkin: ish 
unumdorligini yuqoriligi; detalning biroz (120...180°C) qizishi, qoplam-
ning yeyilishiga yaxshi chidamliligi; texnologik jarayonning va qo‗llani-
ladigan uskunaning oddiyligi; har qanday metall va qotishmalardan 
qalinligi 0
,...
10 mm va bundan qalin qoplamalar olish mumkinligi. 
Qoplamning unchalik mustahkam bo‗lmasligi va detalning sirtiga sust 
ilashishi bu usulning kamchiligi hisoblanadi. 
Metall purkash apparatlarida foydalaniladigan energiya turiga 
qarab purkashning gaz alangali, elektryoyli, yuqori chastotali
detonatsion va plazmali purkash usullari mavjud. 


131 
Gaz alangalarini purkash maxsus uskunalar yordamida bajariladi. 
Bunday uskunalarning birnechta turi mavjud bo‗lib shulardan birining 
chizmasi 6.9-rasmda ko‗rsatilgan. 
6.9-rasm. Gazli alanga purkagich uskunasi: 
1-aralashtirish kamerasi; 2-kislorod kanali; 3-sim; 4-yo„naltiriuvchi 
vtulka; 5-asetilen kanali; 6- havo kanali; 7-alanga; 8-gazmetall oqimi; 
9-detal. 
 
Bunda metall sim 3 yoki metall kukunlari asetilen-kislorod 
alangasi 7 yordamida suyuqlantiriladi va siqilgan havo oqimida detal 
sirti 9 ga purkaladi. Gazli alanga purkagich uskunasining afzalligi 
shundaki, bunda detal kam oksidlanadi, suyuq metall mayda 
zarrachalarga 
parchalanib purkaladi; 
qoplama 
yetarli 
darajada 
mustahkam bo‗ladi. Bu uskunaning kamchiligi qilib konstruksiyasining 
murakkabligi va unumdorligini pastligini ko‗rsatish mumkin. Shunday 
uskunaning yuqori chastota bilan ishlovchi turi 6.10-rasmda 
ko‗rsatilgan. 
.

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin