Transport vositalari detallarining ishlash qobiliyatini tiklash I. B. As q arov


 Elektroshlak usulida eritib qoplash. Uning mohiyati



Yüklə 8,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/197
tarix24.10.2023
ölçüsü8,44 Mb.
#130877
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   197
TRANSPORT VOSITALARI

 
6.7. Elektroshlak usulida eritib qoplash. Uning mohiyati. 
Qo‘llanadigan elektrodlar va materiallar. 
 
Elektr – shlak usulida payvandlash. 
Bu usulda metallarni pay-
vandlashda elektr yoy yondirilib, ajralayotgan, o‗ta qizigan shlak 
ta‘sirida metallarning payvandlanadigan joylari elektrod simlar uchini 
suyultirib, payvandlanadi. Bunda suyuq shlak orqali o‗tayotgan tokning 
ajratayotgan issiqlik miqdori Joul-Lents qonuniga muvofiq tok kuchi 
kvadratiga, kuchlanishiga va tokning o‗tish vaqtiga to‗g‗ri proport-
sionaldir. 
Payvandlanuvchi metallar 1 ning payvandlash joylari vertikal 
vaziyatda metall taglikka bir-biridan 20-40 mm oraliqda uchma-uch 
o‗rnatilib, chetlariga suyultirilayotgan metall va shlakning tashqariga 
oqmasligi va kristallanishga ko‗maklashuvchi to‗g‗ri to‗rtburchakli mis 
polzun o‗rnatiladi (payvandlashda u suyuqlanmasligi uchun xavol teshi-
gida sovuq suv o‗tkaziladi). Keyin elektrod kristallizator tagligiga 
tushirilib, ustiga 20-75 mm qalinlikda, AM-348A yoki FTs-7 markali 
flyus to‗qiladi va tok zanjiri ulanib yoy yondiriladi.
6.11-rasmda metallarni elektr-shlak usulida payvandlashda 
sxemasi keltirilgan.


134 
6.11-rasm. Elektrshlak usulida payvandlash sxemasi: 
1-payvandlanuvchi metall; 2-mis polzunlar; 3-metall vanna 4- shlak 
vanna; 5-elektrod sim; 6-mundushtuk; 7-chok. 
Yoy issiqligi ta‘sirida flyus suyuqlanib, shlak ajrala boshlaydi. 
Induksion eritib qoplash usulida ta‘mirlanayotgan detallar yuzasiga 
yuqori chastotali toklar yordamida hosil qilinadigan magnit maydoni 
ta‘sirida hosil bo‗ladigan yuqori harorat yordamida metal poroshoklari 
yoki o‗rnatiladigan qotishmalar eritib qoplanadi. 
Masalan, klapan egarini tiklash texnologiyasi quyidagicha amalga 
oshiriladi (6.12-rasm): 
Induktsion eritib qoplash usulida tiklangan detallar yuzalariga 
mexanik ishlov beriladi. Usulning mohiyati uning soddaligi va ishlab 
chiqarish unumdorligining kattaligidadir. 
Endi tok yuqori qarshilikli shlak qatlami orqali o‗ta boshlaydi va 
ajralayotgan issiqlik ta‘sirida shlak o‗ta qizib, u payvandlanadigan 
joylarining butun perimetri bo‗yicha elektrod sim uchini eritib metall 
vanna hosil qiladi. Metall vanna shlak ostida bo‗ladi va u orqali 
kristallana boshlaydi, gazlardan va nometall materiallardan tozalana 
borib, provardida zich, sifatli chok hosil bo‗ladi. Zarur bo‗lsa, flyus 
maxsus trubka orqali kiritib turiladi. 
Payvandlash vaqtida elektrod sim avtomatik ravishda uzatiladi va 
ko‗ndalangiga yurg‗iziladi. Bu usulda payvandlash joylarini kiritmay 
bitta elektrod bilan 100- 120 mm gacha qalinlikdagi metallarni bir 
necha elektrod sim plastinalar va eruvchi mundshtuklardan foydalanib 
amalda payvandlash mumkin. 


135 

Yüklə 8,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin