14
1.5-rasm. Ishqalanish tasnifi
Tinch holdagi ishqalanish deb ikkita jismning nisbiy siljishiga
o‗tgunga qadar juda kichik siljishlardagi ishqalanishga aytiladi. Bunday
turdagi ishqalanishga sirtlarning boltli birikmalari, ilashish muftasi,
tormozlar va hokazolar kiradi.
Harakatdagi ishqalanish deb nisbiy harakatdagi ikkita jismning
ishqalanishiga aytiladi. Bu turdagi ishqalanishga bir-biriga nisbatan
siljiydigan barcha sirtlarni kiritsa bo‗ladi.
Nisbiy harakat xarakteriga qarab harakatdagi ishqalanish sirpanib
ishqalanish va dumalab ishqalanishga ajratiladi.
Sirpanib ishqalanish
— shunday harakatdagi ishqalanishki, bunda
tegish nuqtasida jismlar tezligi ham kattaligi ham yo‗nalishi jihatidan
yoki shu ikki ko‗rsatkichdan biri jihatidan farq qiladi.
Dumalab ishqalanish
ikkita qattiq jismning harakatdagi shunday
ishqalanish turiki, bunda ularning tegish nuqtalaridagi tezliklari ham
kattaligi, ham yo‗nalishi jihatidan bir xil bo‗ladi (dumalash
podshipniklari, shesternyalarning tishlashishi va boshqalar).
Moylash materialisiz ishqalanish
– ishqalanish sirtida hech
qanday turdagi moylash materialining ishlatilmagan holatdagi ikkita
jismning ishqalanishidir. Bunday ishqalanishda ishqalanish sirtlarida
temperatura ko‗tariladi, plastik
Dostları ilə paylaş: