142
1-kuchlanish ostidagi sim; 2-sim uzatuvchi maxsus mexanizm;
3-poynakning yo„naltiruvchisi; 4-gaz kanali; 5-elektr yoyi;
6-ta‟mirlanadigan detal
Bir-biridan tok o‗tkazmaydigan qilib ajratilgan, kuchlanish ostida
bo‗lgan ikki sim
1
maxsus mexanizm
2
yordamida poynakning
yo‗naltiruvchisi
3
bo‗yicha o‗zgarmas tezlikda uzatiladi. Bu simlarning
uchlarida hosil bo‗lgan elektr yoyi
5
yonadi va ularni eritadi. Erigan sim
materiali kanal
4
orqali bosim ostida uzatiladigan gaz yordamida detal
6
yuzasiga purkaladi. Yuqori chastotali tok vositasida metallashning elektr
yoyi vositasida metallashdan farqi metallni eritishda yuqori chastotali
tokning induktivligidan foydalanilganligidadir.
Elektrli metallash yuqori ish unumi va tejamkorligi bilan ajralib
turadi. Gaz bilan metallashda alanga temperaturasi 3000°C atrofida
bo‗ladi, elektrli metallashda esa temperatura 4000°C dan oshadi. Elektrli
metallashning kamchiliklariga elektrod simi tarkibidagi kimyoviy (shu
jumladan, legirlovchi) elementlarning kuyib ketishi, koplanadigan
metalning oksidlanishi va eritilgan metallning ko‗proq isrof bo‗lishi
kiradi.
Plazma vositasida metallash
usuli gazlarning ma‘lum sharoitda
plazma holatiga utish hususiyatiga asoslangan. Plazmali metallashda
metall plazma oqimi ta‘sirida eritilib, plazma hosil qiluvchi gazlar
yordamida detal yuzasiga purkaladi. Bu usulning boshqa usullardan
farqi unda detallarni qiyin eriydigan volfram, sirkoniy dioksidi,
alyuminiy oksidi, molibden va boshqa elementlar bilan ta‘mirlash
imkoni borligidadir.
Dostları ilə paylaş: