143
6.15-rasmda plazma-yoy metallizatori kallagining sxemasi keltiril-
gan. Qiyin eriydigan sim
1
uzatuvchi mexanizm
2
yordamida
xalqasimon elektrod
4
ga uzatiladi, bu elektrod vazifasini suv bilan
sovitiladigan kallak
3
poynagi bajaradi. Kallak ishlayotganda elektr yoyi
5 bir-biridan izolyasiya qilingan uzluksiz uzatiladigan sim bilan
xalqasimon elektrod o‗rtasida hosil bo‗ladi. Elektrod yoyini yoqish va
uni barqarorlashtirish yuqori chastotali yurgizuvchi qurilma bilan
amalga oshiriladi. Plazma hosil qiluvchi gaz (masalan, argon) kanal 7
orqali elektr yoyining yonish joyiga uzatiladi, yuqori temperatura
ta‘sirida gaz ionlashadi va tok o‗tkazuvchan bo‗lib qoladi. Elektr
yoyining energiyasi magnit maydoni ta‘sirida gaz oqimining markazida
to‗planadi, uning temperaturasi juda yuqori (14000... 17000°C) bo‗ladi.
Metallash kallagi kamera
6
ga keluvchi suv bilan sovitiladi.
Himoyalovchi va plazma hosil qiluvchi neytral gazlar sifatida
argon, azot va ularning aralashmalaridan foydalanish legirlovchi
elementlarning
kuyishini
va
zarrachalarning
oksidlanishini
kamaytirishga yordam beradi. Shuning uchun ham plazmali metallashda
hosil
qilingan
qatlamlarning
mexanik
mustahkamligi
elektrli
metallashda hosil qilingan qatlamlarga nisbatan yuqoriroq bo‗ladi.
Metallash jarayonining mohiyatini quyidagi gipoteza orqali
tushuntirish mumkin. Purkalanadigan metall zarrachalari juda katta
(100–300 m/sek) tezlikda detal yuzasiga uriladi, uchib urilish vaqti juda
kichik (0,003 sek) bo‗lgani uchun ular sovishga ulgurmaydi, ya‘ni
ta‘mirlanadigan detal sirtigacha erigan holatda yetib boradi. Shuning
uchun ham bunday metall zarrachalari detal yuzasining g‗adir-budur-
liklarini to‗lg‗izib qolmasdan, balki o‗zining orqasidan uchib kelayotgan
zarrachalar bilan ham mustahkam bog‗lanish hosil qiladi. Bir vaqtning
uzida berilayotgan sovuq havo metall zarrachalarining detal yuzasida
tezda sovishini ta‘minlaydi. Shuning uchun ham metallashda detallar
kam qiziydi, bu esa yog‗och va qog‗oz kabi materiallarni ham metallash
imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: