144
metall yuzasiga o‗rnashish mustahkamligi ta‘minlanishi uchun
ta‘mirlanadigan detal yuzasida oksidlar, namliklar, yog‗lar va boshqa
iflosliklar bo‗lmasligi hamda mazkur yuza g‗adir-budurlikka ega
bo‗lishi kerak. Ushbu talablarni hisobga
olgan holda detal yuzasini
metallashga tayyorlash detalni yog‗sizlantirish va tozalashni, unga
to‗g‗ri geometrik shakl berish uchun xomakiga ishlov berishni, yuzada
g‗adir-budurlik hosil qilish operatsiyalarini o‗z ichiga oladi.
Detalning yuzasini tozalash va yog‗sizlantirish avval ko‗rib
o‗tilgan usullardagi kabi amalga oshiriladi. Detalga to‗g‗ri geometrik
shakl berish uchun unga xomaki ishlov berish metall kesish stanoklarida
bajariladi. Yuzani metallashga tayyorlashda unda g‗adir-budurlik
hosil
qilishning keng tarqalgan usullari detalga po‗lat kukunlari bilan ishlov
berish, yuzani naqotkalash, detal yuzasiga simlar urash yoki elektr
uchquni bilan xomakiga ishlov berishdan iborat.
Istalgan qattiqlikdagi detal yuzasini metallashga tayyorlashning
mukammalroq va unumliroq usullaridan biri po‗lat
kukunlari bilan
purkab ishlov berishdir. O‗lchamlari 0,8 – 1,5 mm bo‗lgan po‗lat
kukunlarini 0,4 – 0,6 MPa havo bosimi ostida 25 – 40° li burchak bilan
purkash tavsiya qilinadi. Purkash natijasida detal yuzasida hosil bo‗lgan
naklyop qoplamaning asos bilan yaxshi yopishishini ta‘minlaydi.
Detalning qattiqligi NV 325 dan katta bo‗lganda sim o‗rash
usulidan foydalaniladi. Bunda detal tokarlik stanogining markazlariga
mahkamlanib,
simning
bir
uchi
xomut
yordamida
detalning
qoplanmaydigan tomoniga qotiriladi, simning ikkinchi uchi esa yog‗och
tutqichlarning qiskichlari orasidan o‗tkaziladi. Stanok ishga tushirilgach,
sim detal yuzasiga o‗raladi.
Simning diametri 1 – 1,5 mm, o‗ram qadami esa sim diametridan 3
– 5 marta katta qilib olinadi.
Detal yuzasining qoplanmaydigan qismlari pergament qog‗ozi,
karton yoki temir listdan yasalgan ekran bilan himoya qilinadi. Metal-
lashni yuzani tayyorlash tugashi bilanoq, ya‘ni tayyorlangan yuzaning
oksidlanishi ro‗y bermasdan o‗tkazish zarur.
Yuzani tayyorlash va
metallash orasidagi vaqt 1,5 – 2 soatdan oshmasligi lozim.
Metall qatlamini hosil kilish
.
Kundalang kesimi doiradan iborat
bo‗lgan detallarning yuzasini metall bilan qoplash uchun tokarlik
stanoklaridan foydalaniladi. Bunda detal stanokning markazlariga yoki
patroniga mahkamlanadi, metallovchi uskuna esa stanokning supportiga
145
o‗rnatiladi. Gazli va elektrli metallashda
sim materialining
qovushoqligini kamaytirish maqsadida metallashdan oldin uni 800-
900°C da yumshatib, qum bilan tozalanadi. Detallarni metallash uchun
ishlatiladigan simlar 65 G markali po‗latdan yasaladi.
Metallashdan so„ng detal yuzasiga ishlov berish
.
Detallar yuzasida
metall qatlami hosil qilingandan so‗ng unga kerakli ko‗rinish va o‗lcham
berish uchun mexanik ishlov beriladi. Purkalgan qatlamning qattiqligi
detal asosiy metalining qattiqligidan yuqori bo‗lganligi hamda oksid
pardalarining mavjudligi tufayli unga yakuniy
ishlov berishda ancha
qiyinchiliklar yuzaga keladi. Tokarlik stanogida ishlov berishda tez
kesuvchi po‗latlardan yasalgan va qattiq qotishmali plastinkalardan
iborat keskichlar qo‗llaniladi. Bunda T15K6 qattiq qotishmadan
tayyorlangan plastinkali keskichlar yaxshi ko‗rsatkichlarga ega.
Keskichlarni noto‗g‗ri charxlash va tezligi yuqoriroq rejimda
kesish natijasida purkalgan qatlam tiklangan detal yuzasidan ko‗chishi
yoki yulinib chiqishi mumkin. Tarkibida 0,30% gacha uglerodi bo‗lgan
po‗lat simdan hosil qilingan metall qotlami hamda rangli metalldan hosil
qilingan qoplamalar yo‗niladi va shundan so‗ng jilvirlanadi.
Tarkibida
0,30% dan ortiq uglerodi bo‗lgan qoplamalarga tokarlik ishlovi berib
bo‗lmaydi, shuning uchun ham ular faqat jilvirlanadi. Metallangan
qatlamni jilvirlashning asosiy kamchiligi jilvirlash toshlarining tezda
moylanishidir, bu esa ularni tez-tez tozalab turishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: