Olingan natijalarni tahlil qiladigan bo’lsak, Apple kompaniyasining beta koeffitsienti qolgan kompaniyalarning beta koef qaraganda katta chiqdi. Beta koef 1.1308 degani kompaniyaning aktivlaridan kutilayotgan kutilayotgan daromad bozorga qaraganda 1.1308 riskli ekanligini bilishimiz mumkin. JAMES’S PLACE PLC ORD 15Pkompaniyasining beta koef -0.0020 ekanligini ko’rishimiz mumkin. Bu degani kompaniyaning aktivlaridan kutilayotgan daromad bozorning o’zgarishiga nisbata teskari degani. FTSE indeksini manfiy chiqqanligini asosiy sababi Covid -19 pandimiyasi davrida so’ngi yildagi Buyuk Britaniyadagi inflatsiyaning kuchayishi fonida fond bozorlarining payasganligi bilan izohlash mumkin.
Umumiy natijalarga qaraydigan bo’lsak, eng yaxshi natija Microsoft Corporation kompaniyasiga tegishli bo’lib, 14.96% ni tashkil qilmoqda.
CAPM ni natijalari va kompaniyalarning moliyaviy hisobotlari asosida Kapitalni o’rtacha tortilgan qiymatini topib olamiz.
Youqoridagi jadvalni tahlil qiladigan bo’lsak, umumiy kapital tarbibida xususiy kapitalni ulushi ko’p bo’gan kopmaniya bu Apple kompaniyasidir. Eng yomon ko’rsatgich Walmart Inckompaniyasiga tegisshli bo’lib, qarz kapitalini ulushi 14.54% ga teng. Shuning uchun ham Apple komaniyasining CAPM va WACC natijalari orasida farq katta.
Diskontlagan dividend modeli asosida aksiyani ichki qiymatini hisoblash Bu model aksiyani ichki qiymatini baolash uchun fond bozoridagi investorlar foydalanadiga asosiy modellardan biri hisoblanadi. Bu modelni formulasi quydagicha:
Bu yerda
D-oxirgi yili to’langan dividend moqdori
G – dividend larni o’rtacha o’sish surati
Re – diskont Stavka (CAPM yoki WACC ni natijasini – ni o’rniga qo’yib hisoblanadi.
Bu modelni amal qilishi uchun 2 ta shart bajarilishi kerak. Bular
Kompaniya har yili dividend taqsimlagan bo’lishi shart
> g bo’lishi shart, aks holda bu modeldan aksiyani ichki qiymatini baholash uchun foydalanib bo’lmaydi.
Bu model asosida tahlil qilish uchun kompaniyalarning oxirgi 5 yilda to’lagan dividentlar miqdoridan kelib chiqiladi. Bu ma’lumotlarni biz www.finance.yahoo.com saytidan olamiz.