“Tungi Internet” aksiyasini o‘tkazish va unda ishtirok etish shartlari
1.
Ushbu shartlar “Tungi Internet” aksiyasi (keyingi o‘rinlarda - Aksiya)ni o‘tkazish va
unda ishtirok etish tartibini belgilaydi.
2.
Aksiya o‘tkazilishi davri - 2022 yil 19 apreldan 19 mayga qadar.
3.
Aksiyaning amal kilish hududi – O‘zbekiston Respublikasi, UZTELECOM GSM
tarmog‘i.
4.
Aksiyani o‘tkazish davrida “Tungi Internet” xizmatining narxi 80 % gacha chegirma
bilan quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi:
Internet-paketlar
Muddati
Narxi, so’m
Aksiya amal qilishi davrida narxi, so‘m
Tun
01:00 - 07:59
6 300
3 000
7 tun
01:00 - 07:59
31 500
10 000
30 tun
01:00 - 07:59
99 000
20 000
5.
Aksiya ishtirokchilari - “Tungi Internet” xizmatini faollashtirgan abonentlar-jismoniy
shaxslar.
6.
Boshqa shartlar - “Tungi Internet” xizmatini ko‘rsatish shartlariga muvofiq.
7.
Aksiyani o‘tkazish muddati va Aksiyada ishtirok etish shartlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar
“O‘zbektelekom” AKning
www.uztelecom.uz
rasmiy veb-saytida joylashtiriladi hamda boshqa
aloqa vositalari orqali eʼlon qilinadi.
8.
“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi Aksiya shartlariga o‘zgartirish kiritish
huquqiga ega va ushbu haqda tegishli maʼlumotlar Kompaniyaning
www.uztelecom.uz
rasmiy
veb-saytida joylashtiriladi hamda boshqa aloqa vositalari orqali maʼlum qilinadi. Ishtirokchilar
Aksiya shartlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilganligini Kompaniyaning mazkur rasmiy veb-
sayti orqali mustaqil ravishda tekshirib turishlari mumkin.