Kerakli asbob va reaktivlar: Alyuminiy stakancha, termostat, eksikator, analitik tarozi, texnik tarozi, shativ, stakan, quritkich stakancha, ruxdan yasalgan yashikchalar.
NAZORAT SAVOLLAR.
1.Tuproq namligi deb nimaga aytiladi?
2.Namlikning qanday turlari bor?
3.Qanday nam sig’imiga gigroskopik nam sig’imi deyiladi?
4.Gigroskopik namlik qanday aniqlanadi?
5.Gigroskopik namlikni qaysi formula yordamida aniqlanadi?
6.Gigroskopik namlik koeffitsenti qanday topiladi?
2 – laboratoriya ishi.
Tuproqning hajm va solishtirma og’irligini aniqlash va ular asosida g’ovokligini xisoblash
Tuproqning xajm massasini aniqlash.
Maqsad:Tuproqning organik qismi miqdorini aniqlashni o’rganish Tabiiy xolati saqlangan ma’lum xajmdagi tuproq massasining shunday xajmdagi suv massasiga bo’lgan nisbati tuproqning xajm massasi deyiladi.
Tuproqning xajm massasini aniqlash bilan uning muxim agronomiq xossalari xal etiladi. Tuproqning xajm massasi o’rtacha 1,4 -1,5 bo’lib, u tuproqning turi, tarkibi, struktura xolati va qovushqoqligiga bog’liq.
Ishlash tartibi: Tunuka va boshqa metalldan yasalgan ma’lum xajmdagi va massadagi, ikki tomoni ochiladigan, qopqoqli maxsus tsilindrda tabiiy xolati saqlangan tuproqning xajm og’irligi aniqlanadi. Buning uchun aniqlamoqchi bo’lgan qatlamning yuzasi tozalanib, tsilindr tozalangan qavatning o’rtasiga taxtacha yordamida o’rnatib qo’yiladi (bunda tsilindrning bo’shlig’i tuproq bilan to’ladi). So’ngra qoqilgan tsilindr pichoq yordamida tuproq qavatidan ajratib olinadi va extiyotkorlik bilan tsilindrdagi ortiqcha tuproq, tsilindr yuzasiga teng qilib xar ikki tomoni pichoq bilan kesib tashlanadi va texnik tarozida tsilindr tuprogi bilan tortiladi. Tuproqning xajm massasi quruq tuproqqa nisbatan bo’lganligi uchun avval tuproqning namligini aniqlash kerak. So’ngra tuproqning sof massasini tsilindr xajmiga bo’lib, tubandagi formula yordamida uning xajm massasi xisoblanadi:
d– tuproqning xajm massasi, R –tsilindrdagi tuproqning sof massasi g xisobida, V-tsilindrning xajmi sm3 xisobida.
Masalan, R-145 g, -100 sm3 bo’lsa, tuproqning xajm massasi 1,45 g sm3 ga teng.
d-Silindr diametri 8-10 sm, uzunligi 16-18 sm bo’lib, ikki tomoni ochiladigan, qopqoqli bo’ladi.
Tuproqning xajm massasini aniqlash.
№
|
Tuproq namunasi nomeri
|
Qatlam chuqurligi .(sm xisobida)
|
TSilindrning massasi, g xisobida
|
TSilindrning tuproq bilan massasi, g
|
TSilindrning xajmi
|
Tuproqning massasi
|
Tuproqning xajm massasi, g sm3
|
1.
|
12
|
0 – 20
|
250
|
395
|
100
|
145
|
1,45
|
Dostları ilə paylaş: |