Tuproqshunoslik va agrokimyo


Tuproqning solishtirma massasini aniqlash



Yüklə 88,59 Kb.
səhifə4/23
tarix14.12.2023
ölçüsü88,59 Kb.
#140580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Tuproqshunoslik va agrokimyo-fayllar.org (1)

Tuproqning solishtirma massasini aniqlash.
Maqsad: Tuproqning mineral qismini o’rganish bilan birga uning g’ovakligini aniqlash.
Ma’lum xajmdagi tuproq qattiq qismi massasining shunday xajmdagi suv massasiga bo’lgan nisbati tuproqning solishtirma massasi deyiladi. Tuproqning solishtirma massasi uning mineral va ximiyaviy tarkibiga ko’ra o’zgaruvchan bo’lib, o’rta xisobda 2,5-2,7 dir.
Tuproqning solishtirma massasini aniqlashda bir necha xil usullar taklif etilgan. Bo’lardan N. A. Kachinskiyning massa va M. Baxodirovning xajmiy usullari eng qulay va oddiydir.
Massa usuli: Massa usuli bilan tuproqning solishtirma massasini aniqlash ma’lum miqdordagi tuproq siqib chiqargan suv massasini xisoblashga asoslangan.
Ishlash tartibi: Xajmi 50 yoki 100 mm li piknometrga (yarim qilib) distillangan suv quyiladi. Suvdagi xavoni yuborish uchun piknometr qizdiriladi va xavosi butunlay chiqib ketguncha 15-20 minut sekin qaynatiladi. So’ngra piknometr xona temperaturasigacha sovitilgach, oldindan tayyorlab qo’yilgan xavosizlantirilgan suvdan bo’gizidagi chiziqqacha quyiladi va analitik tarozida suvli piknometrning massasi aniqlanadi. So’ngra piknometrdagi suv boshqa idishga quyiladi. Maydalangan va teshiklari 1 mm li elakchadan o’tkazilgan tuproqdan 5 yoki 10 g olib, changitib yubormasdan extiyotkorlik bilan piknometrga solinadi va piknometr bo’gzida yopishib qolgan zarralar boshqa idishga olib quyilgan suv bilan yuvib tushiriladi va bir qaynatiladi, so’ngra piknometr xona temperaturasigacha sovitilib, suvi chiziqqa yetkazilib, piknometrning massasi suv va tuproq bilan birga aniqlanadi.
Tuproqning solishtirma massasi quyidagi formula bilan xisoblanadi va ish jadvali tuziladi

d-tuproqning solishtirma massasi, A – piknometrning suv bilan massasi g xisobida, R- tuproqning massasi, gr xisobida; S –piknometrning suv va tuproq bilan massasi.
Masalan, A-125 g, R-10 g, S-131 g bo’lsa, tuproqning solishtirma massasi 2,5 ga teng.
Tuproqning solishtirma massasini aniqlash.


Tuproq namunasining nomeri

Qatlam chuqurligi (sm xisobida)


Piknometrning sof massasi g


Piknometrning tuproq bilan massasi g


Tuproq og’irligi g


Piknometrning suv va tuproq bilan massasi (R) g


Piknometrning suv bilan massasi


Tuproqning solishtirma massasi g sm3


1.

12

0-20

120

130

10

131

125

2,5



Tuproqning umumiy govakligining aniqlash.
Tuproqtarkibidagimexaniqzarralar, strukturabo’lakchalarioralig’i, ildiz, qurt-qumursqayo’llarixisobigaxosilbo’lganbo’shliqlaryig’indisituproqninggovakligideyiladi.
Ko’pchilik tuproqda govaklikning umumiy xajmi 40-50% bo’ladi. Govaklik turli tuproqlarda va ularning ayrim qavatlarida xar xil bo’ladi. Govaklik tuproq qatlamida suv va xavoning xarakat qilishiga va shunga qarab bir qancha fizik, ximiyaviy va biologik protsesslarning o’zgarib turishida katta axamiyatga ega.
Tproqninggovakligiodatdaprotsentibilanifodalanadivaquyidagiformulabilananiqlanadi:

R-tuproqning g’ovakligi, protsent xisobida, d-tuproqning solishtirma massasi,
d1-tuproqning xajm massasi. Masalan, d-2,5, d1-1,45 bo’lsa, tuproqning g’ovakligi (R) 42% gateng.


Yüklə 88,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin