43
Bino konstruktiv unsurlarining ko’riklari 3 turga bo’linadi: umumiy,
qisman va
navbatdan tashqari.
Umumiy ko’rik bir yilda 2 marta – bahor va kuzda o’tkazilishi kerak; bunda bino
to’la ravishda, xususan, konsturksiyalar,
muxandislik qurilmalari, bino pardozi va tashqi
obodonlashtirish unsurlarining barchasi ko’rib chiqiladi.
Bahorgi ko’rik yoz mavzumida bajariladigan joriy remont ishlari bo’yicha ish
hajmlarini aniqlash, hamda u yoki bu uylarni keyingi yilgi kapital
remont qilish rejasiga
qo’yish masalasini hal etish maqsadida o’tkaziladi. Bunday masalalarni aynan bahor vaqtida,
qorlar erib binoning tashqi qismi butunlay ko’rik uchun qulay holatga tushganida va binoga
uning konstruksiya va qurilimlariga qishgi iqlimiy ta’sirlar o’z vaqtida yaqqol seziladigan
davrdaechish osonroq ko’chadi.
Kuzgi ko’rik qor qoplamasi ko’riklarni o’tkazishni qiyinlashtirishi mumkin bo’lgan,
isitish mavsumi boshlanmasdan avval o’tkazilishi kerak. Honalarning ko’rigi qavatlararo
chordoq xonalaridan boshlanib erto’la xonalarida tugallanishi kerak. Bunda orayopmalarning,
ayniqsa sanitar
uzel ostidagi poydeorlar, o’rta devorlar va balkonlarning holaii aniqlanib
chiqiladi.
Bahorgi va kuzgi ko’riklarni o’tkazishning taqvimiy muddatlari turar-joy
boshqarmasi rahbariyati tomonidan mahalliy iqlimiy sharoitni
hisobga olgan holda
belgilanadi. Ko’rik o’tkazish uchun uylarni ekspluatatsiya qilish shirkati rahbari raisligida,
shirkatning nazoratchi-texnigi ishtirokida va mahalla qo’mitalari vakillari qatnashuvida
komissiya tuziladi. Bu komissiya tarkibiga kerak bo’lgan hollarda loyiha ishlab chiqarilgan va
ilmiy tashkilot ekspertlari ham kiritiladi.
Binoning umumiy ko’rigi natijalari va bino konstruksiyalari
va uning qurilmalarini
saqlanishini ushlab turish bo’yicha belgilangan tadbir-choralar bayonnomada aks ettiriladi.
Bayonnoma 2 nushada tuzilinib, bir nushasi shirkat idorasida saqlanishi va ikkinchisi shahar
turar-joy boshqarmasiga kapital remont rejasini tuzishda va turar-joy jamg’armasining texnik
holatini yaxshilash bo’yicha umumiy chora-tadbirlar ishlab chiqishda foydalanish uchun
yuboriladi.
Binoning ayrim qismlari va unga o’rnatiladigan qurilmalarni qisman ko’rikdan
o’tkazish zudlik bilan bartaraf etilishi talab qilinuvchi nuqson va shikastlanishlar ma’lum
bo’lganida tegishli ixtisosga ega bo’lgan shtatdagi ishchi (tomqoplamasi, slesor- santexik)
tomonidan o’tkaziladi.
44
Bino konstruksiyalarida yoki qismlarida defrmatsiyalar borligi hollatlarida ularda
qisman ko’rik nuqson ma’lum bo’lgan daqiqadan bir kunda o’n kungacha ebo’lgan
muddat
ichida o’tkazilishi kerak.
Navbatdan tashqari ko’rik tabiiy ofat hodisalardan sel, kuchli shamol,ko’p qor yog’ishi va shu
kabilardan ketish 1-2 kun ichida o’tkaziladi. Bundan deformatsiyalanishi yoki buzilishi
mumkin bo’lgan konstruksiya va qurilmalar ko’rib chikiladi.
Ko’rikning tarkbi va uning ketmaketligi har bir ayrim xolatda tabiiy ofatning tavsifiga
ko’ra belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: