Турар-жой ва жамоат биноларининг техник эксплуатацияси


 Turar- joy binolarini bahor-yoz mavsumi sharoitlarida ekspluatatsiya qilishga



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/21
tarix01.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126184
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
«binolarni texnik ekspluatatsiyaga xos xususiyatlari»

2.5. Turar- joy binolarini bahor-yoz mavsumi sharoitlarida ekspluatatsiya qilishga 
tayyorlash 
Bino, muhandislik inshootlari va kommunikatsiyalarini qish mavsumida 
ekspluatatsiya qilishga tayyorlash ishlari tugagandan so’ng ekspluatatsiya tashkilotlari 
ob’ektlarni bahor-yoz davrida ekspluatatsiya qilishga tayyorlash bo’yicha ishlarni boshlab 
yuborishlari lozim. Bu ishlar ham har bir ob’ektni tayyorlashning muayyan muddati 
ko’rsatilingan va tasdiqlangan grafik asosida bajariladi. SHuni aytish lozimki, rejaviy- 
ogohlantiruv joriy va kapital remont qilish rejasiga kiritilgan binolar hamda puturdan 
ketganligi yoki rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan qo’riqlanish ishlari olib borilishini 
talab etiladigan binolar yuqorida aytilgan grafikdan istisno etiladi. 
Binolar, unga qarashli hudud va mazkur hududda joylashgan kommunikatsiyalar 
quyidagi sharoitlarda bahor-yoz mavsumida ekspluatatsiya qilishga tayyor deb hisoblanadi: 
tomqoplama, chordoq xonalari, tunuka qoplamaning bo’yog’i yoki bitum mastikasi 
surtmasining (agar bu ishlar qoplamaning ekspluatatsiya muddati yoki uning texnik xolati 
bo’yicha qilinishi talab etilsa) tuzukligi; 
fasadlarni va ularning me’moriy detallarini, balkonlar, ekranlar va balkonlar 
to’siqlarini tartibga keltirish; 
kirish eshiklari remont qilingan va bo’yalgan bo’lishi; bino sokoli, erto’la derazalari 
oldidagi chuqurchalar, suvoqni karnaylari, nomer belgilari
Sport va o’yin maydonchalariing qurilmalari, kichik me’molriy shakllari va ko’cha 
o’rindiqlarini bo’yash bilan tartibga keltirish; 
To’siqlar remont qilishi, noraso to’siqlarni saroylarni va nokerak qurilmalarni buzish. 
Binolarning umumiy bahor tekshiruvi (ko’rigi) jarayonida binoni qish mavsumiga 
tayyorlash davrida, hamda navbatdagi rejaviy-ogohlantiruvchi remontlarda bajariladigan 
remont ishlarining hajmi aniqlanadi, oydinlashtiriladi. 
Turar-joyni ekspluatatsiya qilish tashkilotlari tamonidan turar joy uylarini bahor yoz 
mavsumida ekspluatatsiya qilishga tayyorlash davrida bajarilgan umumiy bahor ko’rigining 


52 
natijalari va ish yakunlari ekspluatatsiya xizmati xodimlarning kegashida muhokama 
qilinadi. 
Bahor-yoz mavsumida ekspluatatsiya qilishga tayyorgarligi bo’yicha komissiya tomonidan 
qabul qilinmagan binolar topshirishga qayta tayyorlanishi va uch haftagacha bo’lgan 
muddat ichida topshirishi kerak. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin