5
«SHahar qurilishi va xo’jaligi» kafedrasi bitiruvchilari bino va inshootlarga texnik
xizmat ko’rsatish va ularni ekspluatatsiya qilish bo’yicha tegishli bilimlarga ega bo’lishlari
lozim. Mazkur uslubiy qo’llanmaning maqsadi ham talabalarga bu bilimlarni egallashda
yordam berish.
YUrtimizda milliy istiqlolning shakllanishi mamlakatimiz shahar xo’jaligining turar-
joy va jamoat binolariga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ekspluatatsiya qilish borasida
qilinayotgan chuqur islohotlarni hayotga joriy etish va ularni ilg’or mamlakatlarda to’plangan
tajribalar asosida yuksak pog’onalarga ko’tarish, etishib chiqayotgan mutaxassislar oldida
turgan muhim vazifadir. Bugungi kunda xalqimiz mulkka egalik hissini shakllantirish, unda
o’z kuchiga bo’lgan ishonch tuyg’ularini kamol toptirish, milliy islohotlarni ustuvor
yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bu yo’nalishda ishlar har bir fuqaroning umumta’lim va
madaniy darajasini hisobga olgan holda maqsadga muvofiq va muttasil olib borilishi,
faqatgina ma’muriy ishonch yo’li bilan amalga oshirilmog’i lozim.
Mazkur qo’llanma 580000 «Arxitektura va qurilish» sohasining oliy ma’lumot olish
uchun «Bino va shahar hududini majmuiy restavratsiya, rekonstruksiya va ekspluatatsiya
qilish» 580602 yo’nalishi bo’yicha «Turar-joy va jamoat binolarining texnik ekspluatatsiyasi»
fanidan nazariy-uslubiy ishlanmani ifodalaydi.
Mualliflar o’z o’quvchilaridan ushbu qo’llanmadagi xato va kamchiliklarni har
qanday shaklda izhor qilsalar, behad minnatdor bo’ladilar.
Dostları ilə paylaş: