Турар-жой ва жамоат биноларининг техник эксплуатацияси



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/21
tarix01.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
«binolarni texnik ekspluatatsiyaga xos xususiyatlari»

3-rasm. Metall konstruksiyalarning zaglash tezligini havo muhitining nisbiy namligiga 
bog’liqligi. 
Nisbiy namlik miqdori namlanish iyutidosidan past bo’lgan xonalar quruq va 
me’yoriy namlikda deyish mumkin – ularda metall deyarli zanglamaydi. Agar xonadagi 
namlik namlanish tbtidosidan yuqori bo’lsa, ya’ni unda nam va xo’l jarayonlar sodir bo’lib, 
bu holda u jarayonlarni zanglashni baholashda hisobga olish mumkin.
Atmosfera namligining ta’siri. Ashyolarning strukturasini buzilishda asosiy rolni 
namlik bajaradi: u ko’pchishni, chirish va zanglashni, havollik va bo’shliqlardagi suvni 
muzlash oqibatida mexanik buzilishni keltirib chiqaradi.
Inshootlarga ta’sir turli-tumanligi bo’yicha namlik universal omil hisoblanadi. 
Qurilish konstruksiyalarining namlik va tajavuzkor moddalarning kirishi uchun qulayroq 
bo’lgan eng nozik joylari ulamalar, deraza va eshik kesaklarining konstruksiyalar bilan tegib 
turadigan joylari, turli issiqlik ko’priklari hisoblanadi.
Konstruksiyalarda namlik suv yoki muz ko’rinishida bo’lishi mumkin. 
Konstruksiyaning tabiiy namlanish tomchi-suyuqlik yoki kondensatsiyali bo’lishi mumkin.
Tomchili-suyuq namlanish shikastlangan tomqoplama yoki boshqa konstruksiyadan 
devorga uriluvchi qiya yomg’ir, hamda erigan qordan hosil bo’luvchi suvlarni kirib borishi 
oqibatida yuz beradi. YOmg’ir suvi nisbatan tozaligiga qaramay, ifloslangan havodan 
o’tayotganida ammoniy tuzlarini karbonat va oltingugurt kislotasini va boshqa shu kabi zararli 
moddalarni o’ziga qo’shib oladi, konstruksiyaga kirgan bunday suyuqlik uni buzishga olib
keladi. 
Devorning tashqi qatlami tosh yoki zich betondan iborat bo’lgan holda unga suv bir 
necha mm gagina o’tishi mumkin va quyosh nuri va shamol ta’siri ostida osongina bug’lanib 


22 
ketadi. g’ovakli konstruksiyalarda, hamda choklari yaxshi bajarilmagan bir qatlamli yirik 
o’lchamli konstruksiyalarda yomg’ir namligi devorga chuqur kiradi, hatto bu namlik xona 
ichiga ham o’tib ketadi. 
Trotuarga tushayotgan suvning sachrashidan hosil bo’luvchi devordagi namlanish 
zonasi 50 sm gacha etadi. SHu sababdan binoning zich yuzaga ega bo’lmagan sokol qismi 
ancha tez buzuladi. 
Tomchili – suyuq namlanishdan farqli, konstruksiyalarning kondensatsiyali 
namlanishi suv bug’larining havo bilan birga harakatlanishi natijasida yuz beradi. 
Hoh tabiiy, hoh sun’iy bo’lsin qurilish ashyolari o’zining tarkibi bo’yicha bir jinsli 
bo’lmagani uchun suv va undagi tuz va kislotalar, hamda shamol ta’siri ostida ular notekis 
buzuladi. Konstruksiyalarni tuzli eritmasi bilan ko’p marta va uzoq vaqt namlanib turilishi 
ularni buzulishga olib keladi. Metall konstruksiyalar barcha kislotalarning ta’siri ostida 
korroziyaga duchor qilinadi. Tosh ashyolardan ayniqsa suvdagi karbonat kislotasiga H
2
CO
3
bo’lgan sezgirlik ohaktoshlarda, dolomitlarda, ohakli bog’lovchilardagi qumloqlar va ushbu 
jinslardan iborat chaqiqtoshli betonlar ayniqsa kuchli namoyon bo’ladi. Karbonat 
kislotasining ashyolar bilan o’zaro ta’siri natijasida konstruksiya yuzasida ko’karishlar hosil 
bo’ladi, ajralgan ohak chiqib qoladi.
Quyosh nuri va namlikning ta’siri ostida tosh ashyolar ko’pincha rangsizlanadi, 
bunda rang o’zgarishi deb bo’lmaydi. Masalan, temiri bor jinslar uning oksidlanish natijasida 
o’z rangini o’zgartiradi, biroq ularning yuzasini mustahkamligi bu holda hatto oshadi ham.
Grunt suvlarining ta’siri. Tabiatda grunt suvlari 3 turda mavjud bo’ladi: 
1) 
bog’langan (ximiyaviy, gigroskopik, so’rilgan yoki pardasimon); 
2) 
erkin yoki suyuqlik ko’rinishida; 
3) 
bug’ ko’rinishida, g’ovaklar bo’yicha harakatlanuvchi. 
Grunt suvlarining tajavvuzkorligini baholashda uning tavsifi o’zgaruvchan ekanligini 
nazarda tuish lozim: vaqt o’tishi bilan inshootning er osti qismida suv rejimi o’zgarishi 
mumkin va bunday holda muhitning tajavvuzkorligi oshishi yoki kamayishi mumkin.
Grunt suvlarining kapillyar ko’tarilishi oqibatida yuqoriga anchagina balandlikka 
ko’tarilishi mumkin, hamda gruntning yuqori qatlamlarini suvga bo’ktirish mumkin.
Ayrim inshootlarda kapillyar va grunt suvlari birga qo’shilib ketib inshootning er osti 
qismini suvda qoldirishi mumkin, buning natijasida esa konstruksiya korroziyasi kuchayadi, 
asosning mustahkamligi pasayadi. Grunt suvlarining minerologik tarkibini o’zgartirish, 
ularning inshoot er osti qismiga nisbatan bo’lgan tajavvuzkorligini o’zgartiradi. Namlik mo’l-


23 
ko’l bug’lanuvchi quruq iqlim rayonlarida, yog’ingarchilik bo’lmagan davrda, gruntning 
yuqori qatlamlarida, ya’ni inshootning er osti qismlarida suvning minerallanishi oshib ketadi.
Salbiy temperaturaning ta’siri.
Ayrim konstruksiyalar damo-dam namlanuvchi va davriy muzlash sharoitlarida 
joylashganlar.
Ashyo bo’shliqlaridagi suvning muzlash natijasida uning hajmi oshadi, bu esa ichki 
kuchlanish holatini keltirib chiqaradi. YOpiq bo’shliqlardagi muz bosimi 200 kg

sm
2
gacha 
bo’lgan qiymatlarga chiqadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin