Турар-жой ва жамоат биноларининг техник эксплуатацияси


 Devor konstruksiyalarini namlanishidan himoyalash va xonalarda namlanishni



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/21
tarix01.05.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#126184
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
«binolarni texnik ekspluatatsiyaga xos xususiyatlari»

1.8. Devor konstruksiyalarini namlanishidan himoyalash va xonalarda namlanishni 
bartaraf etish usullari.
 
Konstruksiyalarni grunt suvlaridan himoyalash murakkabroq tadbir hisoblanadi. 
G’isht devorlarni quritishning samaradorligi ko’proq gidroizolyatsiyaning ko’z bilan aniqlash 
joyidan uzoqroq bo’lgan shikastlangan joyini aniqlashga va haqiqiy ish hajmini topishning 
aniqliligiga bog’liq.
Devor va vaznli balkalarda gidroizolyatsiyaning mavjudligi va sifatini aniqlash 
uchun yo’d qurilishlarda yopmalarning ayrim qatlamlari namligini aniqlashda keng 
qo’llaniladigan elektr usuli tavsiya etiladi. Uning mohiyati konstruksiyaning ayrim 
uchastkalari orasidagi elektr tokini o’lchashdan iborat. Buning uchun gidroizolyatsiya bo’lishi 
lozim mintaqaning ikki tarafida 20-30 sm oralig’ida teshik ochiladi. Bu teshiklarga termaning 
elektro’tkazuvchanligini oshiruvchi tuzlarning suvdagi eritmasi shimdirilgan paxta o’ralgan 
elektrodlar o’rnatiladi. Ularni eletkr toki manbaiga va qayd etuvchi asbob – milliometrga 
ulanadi. Elektr zanjiridagi uzilish:


34 
- termada munosib dielektrik - gidroizolyatsiyaning borligini, tutashuv esa uning 
yo’qligini gidroizolyatsiyaning shikastlanganligidan darak beradi (muallif M.D Boyko). 
Konstruksiyalarni namlanishdan himoya qilish usullari avvalam bor namlanishning 
tavsif va sabablariga bog’liq: u bir martali yoki doimiy ta’sirdami, uning manbai qanaqa va 
x.k 
7-rasm. Devorda gidroizolyatsiyaning borligi va uning sifatini aniqlash usuli.
Bir martali namlanish – tabiiy yo’l bilan yoki kuchli qizdirish va shamollatish orqali 
bartaraf etish mumkin bo’lgan jala yoki tomqoplama shikstlanishidan kelib chiqadi. Jadallik 
bilan quritish uchun issiqlik, olovlik va elektr qurilmalari, hamda xlorli kalsiydan 
foydalaniladi. Quritishning muddati havo haroratiga bog’liq.
Doimiy namlanish holatida, masalan grunt suvlari bilan, na issiqlik va na bo’lak 
quritish usullari, ijobiy natija bermaydi. Bunday holda avval konstruksiya atrofini quritish, 
namlik kelayotgan manbani yo’qotish, so’ngra quritishni amalga oshirish mumkin. Tabiiy 
quritish konstruksiyaning qalinligiga, qurilish joylashgan hududning iqlimiy sharoitiga
isitish va shamollatish darajasining jadalligiga bog’liq.
Bir jinsli konsturksiyani quritish vaqti sutkalarda quyidagi emperik formula 
yordamida aniqlanishi mumkin: 
T

k*v
2
(4) 
Bu erda: v - bir jinsli konstruksiyaning qalinligi; 
k – devor ashyosining tavsiflovchi, quritish koe’ffitsienti; beton - 1,6; g’ovak beton- 
1,2; g’isht – 0,28; ohakli qorishma – 0,25; sementli qorishma – 2,5; qarag’ay 
yog’ochi–0,9. 


35 
Bu ma’lumotlarga ko’ra namligi 12% bo’lgan ikki g’isht qalinlikka ega bo’lgan 
devor 728 so’mga tabiiy qurish mobaynida 2% namlikka ega bo’ladi.
Tabiiy quritishga moyillik yomonroq bo’lgna joylarda sun’iy quritishga o’tiladi; 
devorga elektrodlar o’rnatiladi yoki idishlarga solingan qizdirilgan xlorli kalsiy joylanadi. 
Elektrod sifatida trepsi qo’shilgan kaolin loyi bilan bir-biridan 60 sm oraliqda mahkamlangan 
temir yoki mis plastinkalari qo’llaniladi. Elektrodlardagi kuchlanish 65

100 v atrofida 
bo’lishi lozim.
Devorlarni elektr bilan isitish 3-4 sutka davom etadi. Bunda isitish rejimiga rioya 
qilishi kerak. Darzlar hosil bo’lishini oldini olish uchun devordagi haroratning ko’tarilishi 
saotiga 6
0
S dan oshmasligi, quritish davridagi eng yuqori harorat esa 60
0
S dan oshmasligi 
lozim. Quritish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish kerak.
Qizdirilgan xlorli kalsiyning qo’llanishi, uning yuqori darajadagi so’rib olish 
qobiliyatiga asoslangan: 1 kg SaCl
2
1,5 kg namlikni so’rib oladi. Xlorli kalsiy namlikka 
to’yinganligidan so’ng uni qizdiriladi va yana qayta foydalanishga qo’yiladi.
Devorlarni namlanishdan himoyalash usullarini 4 guruhga birlashtirish mumkin: 
1 guruh – namlikning konstruksiyaga o’tish yo’llariga to’siq barpo etish usullari; 
unga quyidagilar kiradi: 
- loyni tiqishtirish, elektrosilikatlash, bitumni bosim orqali haydash, petralatum va 
shu kabi usullarni bajarish bilan suvning konstruksiyaga boradigan yo’lini berkituvchi gruntda 
suv o’tkazmas «to’siq» hosil qilish; 
- bitum, rulonli ashyolar, ximiyaviy plenkalari va boshqa shu kabilardan 
konstruksiya yuzasida suv o’tkazmaydigan ekran hosil qilish; 
- kondensatsiyali namlashdan himoyalovchi konstruksiyalarni isitish, qalin suvoq 
yoki koshin plitalar hosil qilish. 
2 guruh – binoning sokol qismida joy ochib, unga gidroizolyatsiya qatlamini berish 
orqali konstruksiya gidroizolyatsiyasini qayta tiklash usullari. 
3 guruh – elektroosmos usuli. 
4 guruh – termaga ximiyaviy gidrofob moddalar yuborish yo’li bilan konstruksiyada 
suv o’tkazmaydigan mintaqa hosil qilish usuli. 
Konstruksiyani namlanishdan himoyalash usuli ob’ektning muayyan sharoitini 
hisobga logan holda amalga oshiriladi: kichik hajmli ishlarda – izolyatsiyaning mahalliy 
uzilishlarida gidroizolyatsiyani qayta tiklash usuli qo’llanishi mumkin, katta ish hajmlari 
sharoitlarida esa – drenaj, elektroosmos yoki konstruksiyada suv o’tkazmaydigan zona hosil 
qilish kabi usullardan foydalanish kerak bo’ladi.


36 
Elektroosmos usuli – devorli gruntdan bo’lgan namlanishdan quritish uchun 
foydalanib, elektr maydoni holatida suyuqliklarni bo’shliqlar, kapillyar yoki juda mayda 
zarrachali massivlar orqali harakatiga asoslangan.
Elektroosmos – bu namlikning konstruksiyalarda tok ta’siri ostida siljishdir.
Agar ho’l devorda qisqa tutashuv orqali potensiallar ayirmasi naytrallansa, u holda 
konstruksiyadagi elektroosmotik ta’sir to’xtaydi va namlik siljishdan to’xtaydi; agar devor va 
poydevor orasidagi tabiiy qutblanish devorning yuqori qismiga tok yuborish orqali 
o’zgartirilsa, u holda namlik teskari yo’nalish bo’ylab harakatlana boshlaydi, ya’ni pastga 
qarab siljiydi, buning natijasida konsturksiya qurishga boshlaydi. Elektr toki bu erda o’ziga 
konstruksiya qurishga boshlaydi. Elektr toki bu erda o’ziga xos so’ruvchi-haydovchi nasos 
rolini bajaradi: anod suvni haydaydigan bo’lsa, katod esa so’ruvchi vazifasini bajaradi.
Elektroosmotik quritish usuli sust va faol bo’lishi mumkin; o’z navbatida, faol 
quritish qo’yilma tok yoki galvanoosmos yordamida amlaga oshirilishi mumkin.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin