Turizm sohasidagi faoliyat va uning huquqiy asoslari



Yüklə 47,29 Kb.
səhifə1/8
tarix12.07.2022
ölçüsü47,29 Kb.
#117390
  1   2   3   4   5   6   7   8
Turizm sohasidagi faoliyat va uning huquqiy asoslari


TURIZM SOHASIDAGI FAOLIYAT VA UNING HUQUQIY ASOSLARI
Reja:
1. O’zbekistonda turizmning moxiyati
2. O’‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanish bosqichlari.

Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlanishiga qadar turizmning
barqaror taraqqiy etayotganligi va uning istiqboli, ushbu soxani “kelajak
industriya” sifatida e'tirof etishga asos bo’lgan edi. Mamlakatimizda
turizm faoliyati mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq iqtisodiy
taraqqiyotning ustuvor yo’nalishi sifatida talqin qilinib, unga e'tibor
davlat siyosati darajasiga kutarilgan. Soxa rivoji uchun zaruriy tashkiliy xuquqiy mexanizmlar vujudga keltirilib, xukumat tomonidan tegishli
me'yoriy xujjatlar qabul qilindi va bu boradagi ishlar xozir xam davom
etmoqda.
Xozirgi paytda turizm soxasining umumiy rivojlanishi va
raqobatbardosh turistlik maxsulot yaratish maqsadida, tarmoqda zaruriy
isloxotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O’zbekistonning turizm
soxasidagi isloxotlarni shartli ravishda to’rt bosqichga ajratsak bo’ladi.
Birinchi bosqichda tarmoqda yangi boshqaruv tizmini shakllantirish,
turistlik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo’shimcha biznes turlarini
yaratish, soxaga xizmat qiladigan bank, audit, maslaxat xizmatlarini tashkil
etish, viloyatlarda turizm tarmogining mintaqaviy bo’linmalarini tuzish,
xalqaro miqyosda turizm maxsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan
turistlik korxonalarni lisenziyalashtirish kabi masalalarga aloxida e'tibor
berildi. 1992 yilda respublikada «Uzbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil
etildi va turizm soxasida barcha tashkiliy, boshxaruv xamda
muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993 yilda
«Uzbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjaxon turistlik tashkilotga (BTT)
xaqiqiy a'zo bulib kirdi va bu o’z navbatida xalkaro turizmni
rivojlantirishda muxim omil bulib xizmat kildi. 1994 yilda BMT ning
YuNESKO tashkilotining xamda Uzbekistan xukumatining tashabbusi bilan
Samarkand’ shaxrida Buyuk Ipak yulidagi shaxarlarda xalkaro turizmni
rivojlantirish buyicha Samarkand deklaratsiyasi kabul qilindi.
Bu bosqich mobaynida, ya'ni 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistlik
korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi»
chuqur tizimli - institusional uzgarishlarni amalga oshirishda juda katta
axamiyat kasb etdi. 1994-1995 yillar mobaynida «Uzbekturizm» Milliy
kompaniyasining 87,8% turistlik ob'ektlari xususiylashtirildi va davlat
tasarrufidan chiqarildi.
Amalga oshirilgan uzgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini
jadallik bilan rivojlantirdi.
1995 yilda qabul kilingan Uzbekiston
Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yulini qayta tiklash va xalqaro
turizmni rivojlantirish» tugrisidagi Farmoni' Buyuk Ipak yulida
turistlik maxsulotni tiklash borasida strategik xarakterga ega buldi. Bu o’z navbatida Uzbekiston turizm soxasidagi isloxotlarning ikkinchi
bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yulidagi shaxarlar va
turistlik manzillar ruyxatga olindi, Imom al-Buxoriy, Baxouddin
Nakshband, Abduxolyk Tijduvoniy, Axmad al-Fargoniy, Imom al-Motrudiy, Maxmudi A'zam, Xakim at-Termiziy, Xazrati imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Margunoniy, Buxorodagi Chor Bakrlari kabi allomalarimizning maqbaralari ta'mirlandi va ziyoratgox majmualarga aylantirildi, Toshkent shaxrida muntazam ravishda xalqaro turistlik yarmarka tashkil etila boshlandi, mexmonxonalardagi xalkaro talablarga javob beruvchi urinlar soni 4,8 barobarga ko’paytirildi.
Uzbekistonda 2005 yil 1 yanvar xolati ma'lumotlariga ko’ra, jami
turistlik faoliyat bilan shugullana boshlagan tashkilotlarning soni 351 tani
tashkil etgan. Shundan, 290 tasi xususiy turistlik firmalar bo’lib (83 %),
1 «Xalk suzi» gazetasi, 1995 yil 3 iyun turizmning xizmat kursatish soxasidagi ulushi 90% ni tashkil etgan.
Quyidagi Turizm soxasidagi isloxotlarning uchinchi bosqichida, ya'ni, 1999 yil 15 aprelda Uzbekistan Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo’lgan davrda Uzbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi tugrisida»gi Farmoni e'lon qilindi. Buning asosida turizm soxasidagi bozor
munosabatlari uzil-kesil yo’lga qo’yildi xamda dunyo bozori bo’yicha
raqobatbardosh turistlik maxsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini
boshqarishining markazlashtirilishiga chek qo’yildi. Ko’pchilik turistik
ob'ektlar uzlarini uzlari boshqara boshlashdi, xizmat bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga o’rin ochib berildi.
2000 yildan boshyab, Respublikamiz Turizmi yuqori sur'atlar bilan
rivojlana boshladi. Turizmdan olinayotgan daromadlar yiliga 30 va undan ortiq foizlarda o’sdi. 2001 yil oxirida Afgonistondagi tolibonlarga karshi Xarakatlari boshlanishi o’lkamizga kelayotgan turistlar oqimini ikki yil davomida ancha kamaytirib yuborganidan so’ng, 2003 yilning 2-yarmiga kelib o’lkamiz turizmi yana uzini unglab oldi. Sharqiy Osiyoda o’tgan yillarda tarqalgan odatdan tashqari Pnevmaniya (Sare) va Parranda grippi kabi kasalliklar Uzbekistan turizmiga 2001 yil 11 sentyabr voqealaridek kuchli ta'sir kursata olmadi.
Uzbekistonga 2004 yilda turistlar oqimining mintaqaga tashrif
buyurishi diagrammada ko’rsatilgan, unga ko’ra turis oqimi Sharkiy Osiyo, Tinch Okeani mintaqa axolisi va Yevropadan kelishgan. Butunjaxon Turistlik Tashkiloti (BTT) tomonidan o’rnatilgan tasnif buyicha, barcha sobiq ittifok; xamdustlik mamlakatlari Yevropa mintakasiga kiradi. Shuning uchun Uzbekistonga qo’shni xamdustlik mamlakatlaridan keluvchi turistlar xam Yevropa mamlakatlaridan kelgan xisoblanadi.
Xozirgi paytda turizm soxasidagi isloxotlarning to’rtinchi bosqichi
(boshlangan bulib, unda xususiy turistlik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va
tashkil egiladigan boshka turistlik assosiasiyalarga (masalan, Gid—
tarjimonlar assosiasiyasi, Mexmonxona egalari assosiasiyasi,
sportchilar assossiatsiyasi) «Uzbekturizm» Milliy kompaniyasining bir
qator vakolatlarini utkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu ulkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezrok sur'atlarda rivojlanishlariga yordam beradi.
«Uzbekturizm» MK ekspertlarining takitlashicha Uzbekistonda 2010
yilgacha jami 1007 mexmonga muljallangan 56 ta mexmonxona qurildi. Ichki va tashki turizmning rivojlanishi 626 mingdan 2010 yilda 2.2 mln.ga yetdi.

Yüklə 47,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin