Turizmning tashkiliy rivojlanish tarixi arxiv uz


O’zbekiston mustaqilligi davrida turizmning yangi yo’nalishlari va ularning istiqbollari



Yüklə 31,72 Kb.
səhifə3/5
tarix14.12.2023
ölçüsü31,72 Kb.
#140772
1   2   3   4   5
Turizmning tashkiliy rivojlanish tarixi

3. O’zbekiston mustaqilligi davrida turizmning yangi yo’nalishlari va ularning istiqbollari


Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov “Jamiyatni ma’naviy yangilashdan ko’zlangan bosh maqsad–yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik kabi ko’p-ko’p muhim masalalardan iborat”, – deb mustaqillik jarayoni haqida fikr bildirgan. Bunda turizm, ayniqsa, xalqaro turizmning o’ziga xos xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, ijtimoiy-madaniy turmush sharoitlari davlat tasarrufidagi ko’p sohalar, boshqaruv organlari faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Ayniqsa, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy jarayonlar uning asosini tashkil etadi. Fan, sog’liqni saqlash, ta’lim, jismoniy madaniyat va sport kabi eng muhim sohalar insoniyat uchun eng zarur hayotiy tadbirlar sirasiga kiradi.
O’zbekiston mustaqilligi yangi yo’nalishdagi va o’z istiqbolidagi ijtimoiy-madaniy hayotga yo’l ochdi. Shu asosda deyarli barcha sohalarda tub islohotlar jadallik bilan olib borilmoqda. Ta’lim, kadrlar tayyorlash, sog’liqni saqlash tizimi, madaniyat va boshqa sohalardagi islohotlar o’zining ijobiy va samarali natijalarini bermoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi Qonunida (12-modda) belgilanganidek, “Sanatoriy-kurort muassasalarida, dam olish uylari va turistik bazalarda jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish ishlari” muhim ahamiyatga ega bo’lgan tadbirlardan biridir. Shu sababdan “Barcha sanatoriy-kurort muassasalarida, dam olish uylari va turistik bazalarda jismoniy tarbiya moddiy bazasi hamda yakka tartibda va guruh bo’lib o’tkaziladigan jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish mashg’ulotlari uchun shart-sharoit yaratiladi”, – deb alohida ta’kidlangan. Buning boisi shundaki, sayohatlar sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya vositalarining muhim tarkibiy qismidir.
Aholining barcha qatlamlarida sog’lomlashtirish, hordiq chiqarish va ko’ngil ochish tadbirlarini yanada keng yoyish, bunda sayrsayohatlarni (turizm) maqsadli tashkil qilishga katta e’tibor berilmoqda.
Buyuk kelajak avlodlarini tarbiyalab yetishtirish, ularning ma’naviy va jismoniy kamolotini oshirishda sayohatlarning barcha turlari hamda shakllaridan keng foydalanish ko’zda tutilmoqda.
O’zbekistonning mustaqilligi xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalarni kuchaytirish hamda ularning ko’lamini kengaytirishni taqozo etmoqda. Xalqaro madaniy aloqalar mazmunida tarixiy shaharlar, avlod-ajdodlardan meros bo’lib qolgan turli xil obidalar, zamonaviy koshonalar, muzey, teatr, sport inshootlari, aholi istiqomat qiluvchi joylari muhim o’rinlarni egallaydi. Shu sababdan bu sohalarni yangilash, ta’mirlash, sayqal va zeb berish, ayniqsa, sayohatchilar va mehmonlarga turistik xizmatlarni yaxshilash talab darajasida bo’lmog’i zarur.
Ana shunday keng qamrovli ijtimoiy-tarbiyaviy jihatlarni tashkil qilish va uyushtirish maqsadida Respublikada “O’zbekturizm” kompaniyasi tashkil etildi (1995-yil).
Uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilganligini eslatish lozim:

  1. Aholining madaniy dam olishlari va sayohat qilishlarinita’minlash.

  2. Qadimiy buyuk iðak yo’li o’tgan shaharlarga aholining sayrsayohatlar qilishiga shart-sharoitlar yaratish.

  3. Ulug’ allomalar xotirasiga bag’ishlab qurilgan maqbaralar, yodgorlik maskanlari va hokazolarga ziyorat qilish uchun sayohatlar uyushtirish.

  4. O’quvchi-yoshlarning tarixiy yodgorliklarni sayohatlar orqali o’rganishi va sayr qilib, dam olishlarini ta’minlash.

  5. Xalqaro turizmni rivojlantirish, chet mamlakatlarga sayohatqilish, chet eldan keladigan sayohatlar guruhini ko’paytirishga alohida e’tibor berish.

  6. Tijorat, o’zaro hamkorlik va boshqa maqsadlarda sayohat tadbirlaridan keng foydalanishni yo’lga qo’yish.

  7. Turizm bo’yicha madaniy xizmatlarni kengaytirish, ulargayoshlarni jalb etish va mutaxassis kadrlar tayyorlash ishlarini jadallashtirish va hokazolar.

Ta’kidlash zarurki, mustaqillik sharoitida sayohatlarga bo’lgan talablar avvalgi davrlardagi turizmdan keskin farq qilmoqda. Bular o’z navbatida Respublikada turizmni rivojlantirishning yangi yo’nalishlari hamda shakllarini ochib bermoqda. Bunday jarayonlarni yanada rivojlantirish masalalari Respublika hukumatining diqqatmarkazida turibdi. Buni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 15-apreldagi “2005-yilgacha bo’lgan davrda O’zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi to’g’risida” va 1999-yil 30iyundagi “O’zbekistonda turizm uchun malakali kadrlar tayyorlash to’g’risida”gi Farmonlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” 1999-yil 2-iyuldagi 324 sonli Qarori va boshqalarda ko’rish mumkin. 1999-yil 2-iyuldagi qaror asosan mamlakatda turizm bo’yicha zamon talablari darajasida mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan maxsus ta’lim muassasalarini yaratish hamda shu asosda turizmning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va uning samaradorligini yanada oshirish maqsad qilib qo’yilgan. Shunga ko’ra:

  1. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda 1999-yil 1-avgustga qadar tuzilgan rejalari amalga oshirilib, ya’ni:

Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti tarkibida xalqaro turizm fakulteti faoliyat ko’rsatib turibdi.
Toshkent shahar mehmonxona xo’jaligi va turizm litseyi negizida Toshkent turizm kasb-hunar kolleji tashkil qilindi.

  1. Toshkent Madaniyat institutidagi turizm fakultetiga rejalashtirilgan qabul (80 ta) Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetiga o’tkazilsin, degan ko’rsatmalar amalga oshirildi.

  2. Termiz, Shahrisabz, Samarqand shaharlarida turizm kasbhunar kollejlari tashkil etildi.

Ushbu qaror (5-band)da ko’rsatilishicha O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi, “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi turizm sohasidagi ta’lim muassasalariga har tomonlama yordam berishlari ta’kidlangan. Bunday ma’muriy va tashkiliy ishlarni bajarishdan maqsad shundaki, Respublikada turizm xizmatlari hamda ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan amaliy faoliyatlarni yuqori darajaga ko’tarishdan iboratdir. Bu bilan yurtimiz shon-shuhratini jahonga tanitishdagi faoliyatlarda turizm muhim omillardan biri bo’lib xizmat qilishi ko’zda tutilganligini bilish va anglash qiyin emas, albatta. Respublikaning barcha ijtimoiy-madaniy salohiyatlarini yuqori darajaga ko’tarish, ayniqsa, aholi o’rtasida turizmni ommalashtirish asosiy tadbirlardan biriga aylanmoqda. Shu jihatdan uni huquqiy kafolatlash davri yetib keldi. Buni esa O’zbekiston Respublikasining “Turizm to’g’risida”gi Qonuni (1999-yil 20-avgust) misolida ko’rish mumkin. Bu qonun 22 moddadan iborat. Ularning ba’zi bir o’ta muhim jihatlarini namuna tariqasida keltiramiz:

Yüklə 31,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin