Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar. Reja



Yüklə 25,65 Kb.
səhifə1/4
tarix18.11.2023
ölçüsü25,65 Kb.
#132773
  1   2   3   4
Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar (1)


Aim.Uz



Turkistonda 1917-yilgi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar.

Reja:



  1. Turkiston xalqlarining asriy orzusi.

  2. 1917-yilgi fevral inqilobi va Turkiston.

  3. “Sho‘roi Islomiya” va “Sho‘roi Ulamo” tashkilotlari.

  4. I va II Umumturkiston qurultoylari.



Adabiyotlar:

  1. “O`zbekistonning yangi tarixi” 2-kitob T.“Sharq”- 2000, 10-40 betlar.

  2. Usmonov Q, Sodiqov M “O`zbekiston tarixi” (1917–1991-yillar) “Sharq” 2010, 5-16 betlar.

  3. A’zamxo‘jayev S. “Turkiston Muxtoriyati” T.“Ma’naviyat” 2000 3-108 betlar.

1-masala:
Ma’lumki, Turkiston o‘lkasi chor Rossiyasi mustamlakasiga aylantirilib, bu hududda o‘zga millat hukmdorlarining zo‘rlikka asoslangan boshqaruv tizimi va siyosati yurgizila boshlaganidan e’tiboran uning mazlum va jabrdiyda xalqlari o‘z erki, ozodligidan mahrum etilib, birovlar qo‘l ostiga tobe bo‘lib qoldilar. Biroq shu narsa haqiqatki, o‘lkaning tabiatan mag‘rur xalqlari hech qachon o‘zlarining chor-nochor qismatiga tan berib, o‘zgalar jiloviga bo‘ysunib yashashga rozi bo‘lmaganlar, balki, aksincha, o‘z erki, milliy mustaqilligi yo‘lida mardonovor kurashganlar.
Olis ko‘hna tariximiz zarvaraqlaridan munosib o‘rin egallagan, aziz nomlari mangulikka muhrlangan To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Shayx Najmiddin Kubro, Mahmud Torobiy, Mavlon- zoda, Abubakr Kalaviy, Amir Temur, Muhammadali Eshon (Dukchi Eshon), Namozbotir Pirimqulov singari nomdor bahodirlarning qaltis tarixiy jarayonlarda ko‘rsatgan jasoratlari bunga jonli guvohdir.
Darhaqiqat, chor mustamlakachiligi o‘zining behad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uning jafokash odamlari tanasida o‘chmas dog‘-hasrat qoldirdi. U ajdodlarimizni ma’nan va ruhan qo‘llab-quvvatlab kelgan asl ma’naviy qadriyatlarni zavol toptirib borib, ularning jismi-joniga mavj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuyg‘ularini asta-sekin so‘ndirishga urinib keldi. Yurtimiz tuprog‘ini qonga belagan chor zobitlaridan biri, qonxo‘r general Skobelevning: “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi”, deb aytgan behayo so‘zlari bekorga aytilmagan, albatta.
Lekin shunga qaramay yurt o‘glonlari ajnabiylar zo‘ravonligiga tik boqib, o‘lka xalqlarining erki va ozodligi uchun kurashganlar. Turkiston xalqlarining erk, ozodlik uchun kurash g‘oyasi XX-asr boshlariga kelib yangi pallaga kirdi. Yangi asr boshlarida jadidlar nomi bilan mashhur bo‘lgan, o‘z ongli hayotini, butun borlig‘ini yurt, millat ozodligi, hurligi va ravnaqiga baxsh etgan istiqlol darg‘alari yetishib chiqdi. Behbudiy, Fitrat, F.Xo‘jayev, A.Avloniy, M.Qori Abdurashidxonov, A.Shukuriy singari yurt ilg‘or peshvolarining Turkiston ozodligi, istiqloli yo‘lida qilgan ulkan sa’y-harakatlari, millat farzandlari ta’limi, tarbiyasini isloh qilish, yaxshilash, uni yuksak zamon talablari darajasiga ko‘tarish borasidagi zahmatlari tahsinga loyiqdir.
Butun Turkistonni larzaga keltirgan hamda chor mustamlakachilarini sarosimaga solgan o‘lka xalqlarining 1916-yilgi milliy-ozodlik harakati ham yurt ozodligiga bag‘ishlangan edi.
Muxtasar qilib aytganda, Vatan ozodligini qo‘lga kiritish Turkiston xalqlarining asriy orzusi edi.

Yüklə 25,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin