Turkistonda 1917 yilgi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix31.12.2021
ölçüsü1,47 Mb.
#112261
1   2
009 O'zbekiston tarixi O‘zbekistonda paxta ishi va uning oqibatlari 25mavzu 1kurs

“paxta ishi” deb atalgan siyosiy

qatag‘onlar boshlandi. Keyinchalik bu

qatag‘on hatto O‘zbekiston SSRning

o‘sha paytdagi sobiq va birinchi

rahbarlarini ham chetlab o‘tmadi SSSR 

Bosh prokurori huzurida alohida

muhim ishlar

bo‘yicha


maxsus

tergovchilar

guruhi tuzildi

“Paxta ishi” sud majlisi




• maxsus tergov guruhlarining asosiylaridan biri T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov

rahbarligida 1983-yil aprelda tuzilgan edi. Ular keyinchalik Markazdan

respublikaga kelgan “desantchilar”ga tayanib, O‘zbekistonda navbatdagi

qatag‘onni amalga oshirdi.

• 1983 – 1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va

RSFSRning boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O‘zbeki-

stonning partiya, sovet, ma’muriy-xo‘jalik organlariga yuqori rahbarlik la-

vozimlariga ishga yuborilgan edi. O‘sha paytda “desantchilar” va 3000 na-

fardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot

organlarining ko‘plab xodimlari katta yordam bergan.

• 1985 – 1990-yillarda O‘zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo‘yicha jami

40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror

sanksiyasisiz o‘tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy

javobgarlikka tortildi.




Paxta ishining o‘zbeklar ishiga

aylantirilishi va mohiyati

• Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o‘zbek xalqi badnom

etilib, paxta ishi- ga ataylab siyosiy tus berildi va u “o‘zbeklar ishi”ga

aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani O‘zbekistonning o‘sha paytdagi

rahbarlari qo‘llab-quvvatlashdi.

• Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O‘zbekistonning

par- tiya va hokimiyat tizimida asosiy o‘rinlarni egallab, o‘zbek xalqiga

qarshi qatag‘onni avj oldirdilar. Qatag‘on qilichi eng avvalo

O‘zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga

qarshi ko‘tarildi. “Sharof Rashi- dovchilik” degan sun’iy ibora o‘ylab

topilib, undan Sh.Rashidovni o‘limidan so‘ng badnom qilish va

shuhratini yerga urishda foydalanildi.



• Xullas, sovet rejimining paxta ishi oqibatida O‘zbekistonda minglab kishilar

nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo‘jaligi sohalarida qo‘shib yozish, poraxo‘rlik

va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSRning deyarli barcha hududlarida

yuz bergan bo‘lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O‘zbekiston tanlandi ham-

da jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko‘plab odamlar aybsiz jazoga

tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag‘on qilichi bu bilan cheklanmasdan

paxta ishini o‘zbeklar ishiga aylantirishga urindi. Qatag‘on siyosatini amalga

oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari O‘zbekistonning o‘sha

paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan chiqqan hamda tergovchilar

bilan hamkorlik qilgan va ularning g‘arazli ishlariga ko‘maklashgan ayrim

qo‘rqoq va xoinlar ham faollik ko‘rsatdi. Bu – tarixning achchiq haqiqati



Atamalar izohi:

• Sanksiya – (lot. – qat’iy, o‘ta jiddiy qaror) hujjat, qarorlarning oliy

organ tomonidan tasdiqlanishi, shunday tasdiq natijasida hujjat, 

qarorning qonuniy kuchga ega bo‘lishi.

• Izolyator – (ajratmoq, yakkalamoq) kazarma, lager, yuqumli kasal

saqlanadigan va shu kabi vaqtincha ajratib qo‘yiladigan alohida xona, 

joy.



Savol va topshiriqlar:

• Paxta ishi”, “O‘zbeklar ishi”, “Sharof Rashidochilik” iboralarini sharhlab

bering.

• Mahalliy rahbarlar va “desantchilar” faoliyatini izohlang.

• O‘zbekistonda kadrlarni almashtirish siyosati qanday tamoyillar asosida

amalga oshirildi?



• Sh.Rashidovdan keyin O‘zbekiston SSRni kimlar boshqardi?

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin