ISTIQLOLCHILIK HARAKATINING YUZAGA KELISHI
Fizika qonunlariga koʻra, hech narsa yoʻqdan bor boʻlib qolmaydi. Ushbu qonun tarixni ham
chetlab oʻtmagan: har qanday voqeaning oʻziga xos sabablari va shart-sharoitlari mavjud.
Huddi shunday Turkistonda milliy-ozodlik harakati paydo boʻlishining ham sabablari
yetarlicha: baʼzi manbalar oddiy xalq qoʻliga qurol olib, qon kechganining ildizini inqilobdan
keyingi iqtisodiy oʻzgarishlarda koʻrsa, baʼzi tadqiqotchilar asl sabab oʻsha davr siyosiy
hayotida ekanligini aytishadi. Har ikkala faraz ham ayni haqiqatdir: siyosat va iqtisod bir-biri
bilan chambarchas bogʻliq.
4
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.
5
Olaman keng shim kissamdan bebaho boyligim dublikatini, koʻring, havas qiling, grajdaniman men ulugʻ Sovetlar
mamlakatining!
Vladimir Mayakovskiy. “Sovet pasporti”. Asqad Muxtor tarjimasi
.
6
Jorj Oruell. “1984”.
7
Umberto Eko. “Abadiy fashizm”.
8
Muhammad Yusuf. “Bosmachilar”.
17
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI
AXBOROTNOMASI
www.in-academy.uz
1-JILD, 8-SON (YOʻTA)
Sovet davrida har qanday isyon haqida gapirish qattiq nazorat qilinar edi, ochiq va betaraf
boʻlishlikni esa qoʻyavering. Ammo shunga qaramasdan „bosmachilik“ning mohiyatiga va
uning kelib chiqishiga oid obyektiv qarashlar bor boʻlgan, ziyolilar va elita bundan yaxshigina
xabardor boʻlgan. Oʻtgan asrning 20-30-yillarida bolsheviklarning yuqori qatlamlari ushbu
fenomenni koʻp oʻrganishgan, quyida oʻsha paytda „bosmachilik“ paydo boʻlishining asosiy
sabablari deb hisoblangan farazlar koʻrsatilgan:
„Bosmachilik“ harakatining eng birinchi sababi – bu Birinchi jahon urushi va Turkiston
yurtining Rossiyaning boshqa non markazlaridan uzulib qolishi tufayli kelib chiqqan iqtisodiy
krizisdir. Uning natijasida dehqonlar paxta oʻrniga don-dun yetishtirishga oʻtishga majbur
boʻlishgan. Bu esa umumiy iqtisodiy vayronagarchilik bilan birgalikda dehqonchilikni xarob
qildi va Fargʻona vodiysining oʻzidayoq 300 mingdan koʻproq mardikorlarni ishsiz qoldirdi.
Aynan ular keyinchalik „bosmachi“ guruhlarning asosini tashkil etdilar.
9
Oktyabr inqilobidan soʻng Turkistondagi sovet hukumati faqat Toshkent shahri bilan
cheklangan bir paytda 1917-yilning 27-noyabrida Qoʻqonda muxolifat eʼlon qilinadi. Aynan
shu voqea yurtdagi keyingi hodisalarga katta taʼsir oʻtkazib, milliy shiorlar qayta tugʻilishiga
turtki boʻladi.
10
Millat oldidagi burchini tushuna oladigan, ammo bu burchini mustaqil ravishda bajara
olmaydigan, shu sababdan mahalliy feodallar, ulamolar, oq gvardiyachi ruslar va ingliz
imperialistlari bilan ittifoqlashishga majbur Turkiston burjuasi ham katta ahamiyatga ega.
11
Qizil partizanlar tomonidan Qoʻqon muxtoriyatini likvidatsiya qilish jarayonida yoʻl
qoʻyilgan talon-tarojliklar hamda hali yosh qizil hukumat tomonidan mahalliy xalqning
yashash tarzi va diniga koʻrsatgan behurmat munosabati odamlarning nafsoniyatiga teggan.
12
1918-yilning 28-fevralida Turkiston xalq nozirlari kengashi dekret eʼlon qilib, unga
koʻra Turkistondagi har qanday koʻrinishdagi paxta Turkiston ishchi-dehqon hukumati
tomonidan oʻzlashtirib olinishiga buyruq beradi. Bu esa odamlarni yagona tiriklik manbaidan
ayirish edi.
13
“U yoqda siyosiy va iqtisodiy hayotda faqat oʻta tartibsizlik va daxshat bor. Milliy
kurash shiddatli tus olgan, „bosmachilik“ esa shoʻro hokimiyatining va guruhlarimiz saʼy-
harakatlari tufayli vujudga kelgan“.
14
Sovet manbalari har qancha obyektiv boʻlishga urinishmasin, ular maʼlumotlarni sinfiy
kurash doirasidan chiqmagan holda yozilgan. Bundan tashqari, ularda oddiy xalqning
harakatlari boʻrttirib berilsa, qizil hukumatning aybi har doim kamaytirib koʻrsatilgan, agar
koʻrsatilsa, albatta. Endi tanganing ikkinchi tomoniga ham qarasak.
Baʼzi mualliflar „bosmachilik“ harakatining ildizini butun Oʻrta Osiyoni olovga chulgʻagan
mashʼum 1916-yildan izlashadi. Ushbu farazda, albatta, bir chimdim boʻlsa ham haqiqat
yashiringan, chunki aynan shu yili rus mustamlakasiga qarshi eng yirik qoʻzgʻolon boʻlib oʻtdi
va xalq ichidagi norozilik kayfiyati yanada keng tarqaldi. Lekin mohiyatan qachonlardir
„bosmachilik“, keyinroq esa „istqilolchilik“ deb ataladigan harakat eng avvalo sovet
9
Kazimir Vasilevskiy. “Oʻrta Osiyoda bosmachilik harakati fazalari”.
10
Mixail Tuxachovskiy. “Aksilinqilobiy qoʻzgʻolonlarga qarshi kurash”.
11
Kazimir Vasilevskiy. “Oʻrta Osiyoda bosmachilik harakati fazalari”.
12
Kazimir Vasilevskiy. “Oʻrta Osiyoda bosmachilik harakati fazalari”.
13
Mixail Tuxachovskiy. “Aksilinqilobiy qoʻzgʻolonlarga qarshi kurash”.
14
Turkkomissiya aʼzosi F.Goloshchekinning bayonoti.
|