Turkistonda milliy istiqlolchilik harakatining kelib chiqishi


  YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix13.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#140437
1   2   3   4   5   6   7
document

20 
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 8-SON (YOʻTA) 
kommunalarga birlashtirila boshlandi. Kosiblarning do‘konlarigacha tortib olindi. Dehqonning 
kuniga yarab turgan otlar armiya ixtiyoriga olindi.
26
Yuqorida sanab oʻtilgan iqtisodiy sabablar bilan birgalikda sovet hukmatining aynan 
shunday xunrezliklari oddiy xalq orasida dushmanga qarshi qoʻlga qurol olishdan boshqa 
imkoniyat qoldirmaydi. Avval Fargʻonada muxtoriyat qoʻshinining tirik qolgan qismlari mulla 
Ergash qoʻrboshi boshchiligida Qoʻqon yaqinidagi Bachqir qishlogʻida mudofaa istehkomlarini 
qurib, dushmanga qarshi jihod eʼlon qildilar, keyin Muhammad Aminbek va 
Shermuhammadbek qoʻrboshilar atroflariga yigitlar toʻplab, yurt, din va nomus himoyasiga 
otlandilar, keyinchalik Buxoroda Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor qoʻrboshilar, ularga 
yordamga kelgan turk harbiy arboblar Anvar posho va Salim posholar qoʻlga qurol oldilar. 
Yana yuzlab qoʻrboshi va minglab er yigitlar butun Turkiston boʻylab islom bayrogʻini yuqori 
koʻtargan holda istiqlol uchun kurashga bel bogʻladilar. 
Uyingizda sizni kutdi, kel, deb toʻram, 
Kelinchaklar kokillari taram-taram, 
Koʻngilga yor sigʻarmidi yurtda qaram?.. 
Jangohlardan jilmadingiz, “bosmachilar”.
27
 
XULOSA 
Sovet davrida shakllangan totalitar mafkura tufayli yurt tarixi 
bogʻimizni bosib ketgan bir-
biridan semiz choʻchqalar
28
irodasiga boʻysungan holda buzib, notoʻgʻri, chalkash qilib 
koʻrsatib kelindi. Yurt uchun kurashganlarga malomat tamgʻasi bosildi, yolgʻon, oshkora 
soxtalashtirish va mutlaqlashtirish natijasida tarix haqida notoʻgʻri xulosalar kelib chiqdi. 
„Bosmachilik“ deb atalgan fenomenning kelib chiqishini oʻrganishning oʻziyoq ushbu harakat 
qaroqchilik yoki bosqinchilik boʻlmaganligini koʻrsatadi. Ammo yurt uchun kurashgan er 
yigitlar qanday atalishidan qatʼi nazar, muhimi xalq oʻz qahramonlarini unutmaydi. Vatan 
farzandlarini unutmaydi.
 
Qayga tarqab ketgan boʻlmang, qay zamonda, 
Sizning asov qoningiz bor bizning qonda. 
Unutmagan sizni hech kim Turkistonda
Xonlarga teng hurmatingiz, “bosmachilar!..”
29
Adabiyotlar: 
1.
Abdulhamid Choʻlpon. Binafsha [matn]. – T.: «Adabiyot» nashriyoti, 2021. 
2.
Abdulla Qodiriy. Oʻtkan kunlar. — T.: «Navroʻz», 2019. 
3.
Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar: J. III. Dramalar, maqolalar. – T.: “Maʼnaviyat”, 2003. 
4.
Bosmachilik: haqiqat va uydirma: davra suhbati. «Sharq yulduzi» jurnali, 3-son, 1991. 
5.
Fridrix Engels. Emigrant adabiyoti. 1874. 
6.
Furqat Ergashev. Qalqon qoʻshigʻi. — Toshkent: «Navroʻz», 2019. 
7.
Hamid Olimjon. 1924-yilning 22-yanvarida Samarqand. 1938. 
8.
Jonrid Abdullaxonov. Tarki dunyo [matn]: roman-xronika. – T.: “Oʻzbekiston”, 2009. 
9.
Jorj Oruell. 1984 [matn]: roman. – Toshkent: “Nihol”, 2021. 
10.
Kazimir Vasilevskiy. Oʻrta Osiyoda bosmachilik harakati fazalari. 1929. 
11.
Mahmudxoʻja Behbudiy. Tanlangan asarlar. – T.: “Maʼnaviyat”, 1999. 
26
Mansurxo‘ja Xo‘jaev. “Shermuhammadbek qo‘rboshi”.
27
Muhammad Yusuf. “Bosmachilar”. 
28
Muhammad Yusuf. “Hindu qoʻshigʻi”. 
29
Muhammad Yusuf. “Bosmachilar”.



Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin