Turkistonda milliy istiqlolchilik harakatining kelib chiqishi


  YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix13.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#140437
1   2   3   4   5   6   7
document

19 
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 8-SON (YOʻTA) 
Ushbu voqealar bilan parallel ravishda bolsheviklar Turkistonda toʻgʻridan-toʻgʻri 
markazga boʻysunadigan sunʼiy hukumat oʻrnatishni maqsad qilgan holda Turkiston xalq 
nozirlari kengashi 1918-yilning 19-26-yanvar kunlari oʻtkazilgan qurultoyda Turkiston 
muxtoriyatini va Qoʻqondagi hukumat aʼzolarini qonundan tashqari deb eʼlon qildi. Uch kun 
oʻtib esa sovetlar muxtoriyatni jismonan yoʻq qilishga kirishdi.
20
Bu razil niyatni amalga 
oshirish uchun Turkistonga 11 eshelonda asosan dashnoqlardan iborat qizil askarlar va 
artilleriya olib kelindi.
21
Qoʻqon oʻqqa tutildi, dashnoqlar ochiqchasiga talon-tarojlik qilishdi, 
ommaviy qatliom uyushtirishdi
22
, odamlarni butun oilalari bilan qilichdan o‘tkazishdi
23

oʻnlab mahallalar butunlayin qirib tashlandi, bolalar tiriklayin jodidan oʻtkazildilar
24
. Yurt 
qonga botirildi. 
Qirgʻindan keyingi Qoʻqon, 1918-yil. 
Yangi hukumatning iqtisodiy siyosati ham xalqni ayab oʻtirmadi: urushdan keyingi 
ocharchilik bilan paxtaning hukumat tomonidan oʻzlashtirilishi natijasida Fargʻona viloyati 
aholisining teng yarmi nobud boʻldi. Oziq-ovqat razvyorstkasi xalqni chirqillatib talashga 
aylanib ketdi. Gʻalla toʻplovchi vakillar fuqaroning yeb turgan nonini ham tortib olishdan or 
qilmadilar. Bolsheviklarning oʻlkada yuritgan mustamlakachilik siyosati va boshqa tadbirlar 
natijasida barcha shaxsiy korxonalar davlat ixtiyoriga oʻtkazildi, xususiy mulklar bekor qilinib, 
masjidlar, qozixonalar berkitildi. Hosildor yerlar tugatilib, aholini majburiy mehnatga jalb 
qilish joriy etildi. Qizil armiyaning bemalol talonchilik va bosqinchilik qilishi uchun imkoniyat 
yaratildi.
25
“Yer haqida”gi dekret bahonasida yerlar musodara etilib, odamlar zo‘rlik bilan 
20
Shuhrat Salomov. “Turkiston va Janubiy Kavkaz XIX-XX asrlarda”. 
21
P. Alekseyenkov. “Qoʻqon muxtoriyati”. 
22
Turor Risqulov. “Turkistonda inqilob va mahalliy xalq. Dashnoqlar Fargʻonada nima qilishgan edi”. 
23
Shoniyoz Doniyorov. “Muxtoriyat qismati”. 
24
Sh. A. Shamagdiyev. “Fargʻona vodiysidagi fuqarolar urushi boʻyicha ocherklar”. 
25
J. Abdullaxonov. “Tarki dunyo”. 



Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin