Turkiy tillarning agglyutinativ tabiati



Yüklə 16,63 Kb.
tarix11.11.2023
ölçüsü16,63 Kb.
#131647
TURKIY TILLARNING AGGLYUTINATIV TABIATI


TURKIY TILLARNING AGGLYUTINATIV TABIATI
Agglyutinativ tillar (lotincha: agglutino — qoʻshilish) — soʻz oʻzagi yoki negiziga qoʻshimchalar qoʻshilishi (ulanishi) natijasida yangi soʻzlar hosil boʻluvchi tillar. Agglyutinativ tillarda soʻzning oʻzak yoki asosini oʻzgartmagan holda qoʻshimchalar qoʻshish bilan maʼlum soʻz va shakl yasaladi, har bir qoʻshimcha muayyan maʼno va vazifa bilan qatnashadi. Masalan, uch-uvchilari-mizga. Turkiy tillar (xususan, oʻzbek tili), koreys tili, yapon tili, moʻgʻul tillari, gruzin tili, avstronez tillari, dravid tillari, fin-ugor tillari agglyutinativ tillar hisoblanadi.
Agglyutinativ tillar. Agglyutinativ tillarga turkiy, fin-ugor, yapon, k) koreys, dravid, bantu tillari kiradi. Bu tillarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Affikslarga boy, gapda so'zlarni bir-biriga bog'lash uchun asosan ana shu qo'shimchalardan foydalaniladi.
Bir affiks bir grammatik ma'no ifodalaydi, shu xususiyati bilan agglyutinativ tildagi affikslar fleksiyalardan farq qiladi. Qiyoslang:
O'zbek tilidan olingan misolda -yap ~ zamon ko'rsatkichi, -m -shaxs ko'rsatkichi, -an - son ko'rsatkichidir. Rus tilida bu ko'rsatkichlar hammasi faqat birgina -u bilan ifoda etiladi;
3.Affikslar asosan bir xil ko'rinishga ega bo'lib, variantlari deyarli yo'q. Masalan: o'zbek tilida ko'plik faqat -lar qo'shilishi orqali yasaladi; kelishik qo'shimchalarining deyarli hammasi o'z ko'rinishiga ega; variantlari bor qo'shimchalar esa (masalan: -m, -im, -ng, -ing, -ka, -ga, -qa kabilar), so'zlarning fonetik tuzilishi bilan bog'liq (pozitsion o'zgarishlarga kiradi).
4.0'zak, negiz, grammatik affikslar orasidagi chegara doimo aniq, masalan: ish -chi - lar - dan, dars - lik - lar - ni.
5.So'zlarning grammatik shakllarini yasashda suppletiv hodisasi deyarli uchramaydi.
6.Ko'pchilik agglyutinativ tillarda so'z tartibi nisbatan qat'iy. Lekin bu qat'iylik analitik flektiv tillardagi sabablar bilan tushuntirilmaydi. So'z tartibining buzilishi hamma vaqt ham so'z funksiyasining o'zgarishiga olib kelmaydi; qat'iy so'z tartibi ko'proq til an'anasi bilan bog'liq. Masalan, o'zbek tilida oddiy gaplardagi so'z tartibi quyidagicha: ega - toidiruvchi - kesim.
7.So'zlarga qo'shiladigan affikslar o'zakka ma'lum tartib asosida qo'shiladi. Agglyutinativ tillarni o'rganuvchilar ularning grammatik tuzilishidagi bu xususiyatni hisobga olishlari kerak.
8.Agglyutinativ tillar affikslarning o'zakdan oldin yoki keyin turishiga ko'ra prefiksal agglyutinativ tillar va postfiksal agglyutinativ tillarga bo'linadi. Turkiy tillar postfiksal agglyutinativ tillardir. Afrikadagi suaxili tili prefiksal tildir. Masalan: anamataka so'zida uchta prefiksdan keyin o'zak o'rin olgan, ya'ni a-na-m- ataka (u buni xohladi).
Ikki til sistemasini ikki yoqlama qiyoslashda har bir qiyoslanayotgan til sistemasining bayon etilgan materiali alohida-alohida qiyoslanadi. Har bir qatlam birligining o'ziga xos xususiyati, boshqa qatlamlardagi birliklarning o'zaro aloqalari hisobga olinadi». Tillarda so‘zlar bir-birlari bilan munosabatda bo‘lishlari bilan ajralib turadi. Bu munosabatlar sinonimik, antonimik va omonimik xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Sinonimik qatorlar ma’lum so‘z turkumlarida namoyon bo‘lishi taqqoslanayotgan tillar uchun umumiy hodisadir: ingl. all, whole (olmosh), attempt, trial, endeavour, effort (ot); rus. путь, дорога (оt), научить, наставить, вразумить (fe’l).
Yüklə 16,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin