Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Fanni o‘rganish an’anaviy va ilg‘or ta’lim berish usullarini qo‘llagan holda amalga oshiriladi: tezkor – so‘rov-test sinovlari, dasturiy ta’lim, davra suhbatlari, ishchanlik o‘yinlari, kollokviumlar, muammoli o‘qitish metodi, va boshqa usullar hamda texnik vositalardan foydalaniladi. Dasturda ko‘rsatilgan mavzular ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi, shuningdek, fanning dolzarb masalalari talabalarga mustaqil ta’lim sifatida o‘zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy pedagogik texnologiyaning “Klaster”, “Bumerang”, “Matbuot konferensiyasi”, “Aqliy hujum”, “Keys-stadi” singari metodlari orqali hamda slaydlar, multimedia namoyishlari asosida o‘tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |