2. Turli mulkchilik shakildagi korxonalarda xususiy kapitalni shakilanishi Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi tashkil etilayotgan korxonalar oz moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday resurslar, odatda, korxona ta'sischilari tomonidan oz xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush sifatida qoshish bilan yaratiladi. Buxgalteriya hisobi togrisidagi qonunning 19-moddasiga kora xususiy kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qoshilgan, zaxira kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi. Ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda ifodalangan holdagi) yigindisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta'sischilar (ishtirokchilar) ortasidagi kelishuvga kora baholanadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak. Qoshilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini, shuningdek ekvivalenti chet el valyutasida ifodalangan ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan kurs farqini aks ettiradi. Zaxira kapitali uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda hosil boladigan inflyasiya zaxiralarini, qonun hujjatlarida va ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda sof foydadan ajratmalarni, shuningdek tekinga olingan mol-mulkning qiymatini aks ettiradi. Taqsimlanmagan foyda foydaning jamgarilayotganligini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav fondiga (ustav kapitaliga) qoshilishi mumkin. Ustav kapitali - huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari tomonidan ta'sis hujjatlariga muvofiq qoshilgan (tolangan) hamda korxonaning xojalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bolgan moddiy boyliklar, pul mablaglari va xarajatlar majmuidir. Ustav kapitalini tashkil qilish amaldagi qonunlar va ta'sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ustav kapitaliga hissa shaklida qoshiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta'sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga kora baholanadi va hisobga olinadi. Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda xususiy kapital hisobining vazifalari quyidagilardan iborat: Ustav kapitalini shakllanishi va undan foydalanishni nazorat qilish; Korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosqichlari va aksiyalar turlari boyicha axborot toplash; Ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish boyicha ma'lumotlar olishni ta'minlash; Qoshilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan boYoliq muomalalarni oz vaqtida hisobda aks ettirish; Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini oz vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish. Xususiy kapitalni shakllantirish xususiyatlari. Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar oz faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda. Bularga davlat mulki shaklidagi, aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, ma'suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi, qoshma korxona shaklidagi va boshqa korxonalar kiradi. Davlat korxonasining ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablaglari summasidir. Ustav kapitali hisobiga asosiy va aylanma mablaglar shakllanadi. Korxonaga asosiy vosita mavjud ishlab chiqarish hajmiga va ishlab chiqarishga xizmat korsatish ob'ektlariga qarab, aylanma mablaglar esa normativlar asosida beriladi. Normativ yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi, ammo ularni taqsimlashni korxonaning ozi mustaqil amalga oshiradi. Amaldagi tartibga kora korxona ustav kapitali miqdori uning ta'sis hujjatlarida qayd etilgan miqdoriga muvofiq bolishi kerak. Davlat korxonasi uchun yuqori turgan tashkilotning korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini otkazish togrisidagi buyrugi ta'sis hujjati hisoblanadi. Ba'zi hollarda davlat korxonasining ustav kapitali hajmi ozgarishi mumkin. Ustav kapitali miqdorini faqatgina yuqori tashkilot ozgartirishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aksiyadorlari sotib oladigan aksiyalarining nominal qiymatidan iborat boladi. Bunda chiqariladigan jami aksiyalarning nominal qiymati bir xil bolishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori kopayishi yoki kamayishi mumkin. Ustav kapitalini kopaytirish qoshimcha aksiyalarni joylashtirish yoli bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat tomonidan qoshimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan e'lon qilingan aksiyalar miqdori doirasida joylashtirilishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish favqulodda hollarda yuz beradi va uni kopaytirishdagi singari tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorining kamayishi aksiyalar umumiy sonining qisqarishi bilan boYoliq boladi, shu jumladan, jamiyatning ozi haqini keyinchalik tolash bilan aksiyalarni sotib olishi ham shu hisobga kiradi. Amaldagi qonunlarga binoan aksiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga hissa tariqasida pul bilan baholanadigan va ta'sischilar tomonidan jamiyat aksiyalari haqini tolash uchun kiritiladigan moddiy boylik, mulkiy yoki ozga huquqlarni tolashlari mumkin. Jamiyat ta'sis etilayotganda uning aksiyalari pulini tolash shakllari jamiyatni tashkil etish togrisidagi shartnoma yoki jamiyat ustavida, qoshimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qogozlar pulini tolash ularni joylashtirish togrisidagi qarorda korsatiladi. Aksiyador ta'sis yiYoilishi belgilangan muddatlarda, ammo jamiyat royxatdan otgandan keyin bir yildan kechikmay aksiyalarning toliq pulini tolashi kerak. Aksiyalarni sotib olish muddati otganidan keyin aksiyadorlar jamiyati ularni oz ixtiyoriga qarab sotishga haqli. Amaldagi qonunlarga muvofiq hissalarga bolingan ustav kapitaliga ega bolgan jamiyat ma'suliyati cheklangan jamiyat deb ataladi. Bunday jamiyat ustav kapitalidagi bolingan hissalar miqdori ta'sis hujjatlarida belgilab qoyiladi, uning ishtirokchilari majburiyatlar boyicha faqat oz mulki doirasida javob beradi. Ma'suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning hissalari hisobiga tashkil topadi va uning kopayishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan hissa qoshuvchilarning kopayishi yoki kamayishi bilan yuz berishi mumkin. Jamiyat ishtirokchisi oz hissasini jamiyat royxatga olingan sanadan keyin bir yil davomida tolashi lozim. Qoshma korxona Ozbekiston hamda xorij korxonalari hissalari asosida tashkil topadi. Qoshma korxonaning ustav kapitaliga hissa tariqasida tabiat resurslaridan, intellektual mulkdan foydalanish huquqi, nou-xau, moddiy va pul vositalari, shu jumladan, chet el valyutasi berilishi mumkin. Ustav kapitalini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan: 8310-«Oddiy aksiyalar» 8320-«Imtiyozli aksiyalar» 8330-«Pay va qoyilmalar». Ushbu hisobvaraqlar passiv hisoblanadi hamda davlat korxonalari ustav fondining, aksionerlik jamiyatlar va shirkatlar ustav kapitalining shakllanishi va uning harakatini hisobga oladi. Aksiyadorlik sarmoyasi royxatga olingan hajmda, biroq hali tugallanmagan emissiya sifatida hisobda aks ettirilar ekan, e'lon qilingan (chiqarilishga ruxsat etilgan), joylashtirilgan (ularga aksiyadorlar obunasi amalga oshirilgan) hamda muomaladagi, ustavga muvofiq qoshimcha joylashtirilgan oddiy aksiyalarning analitik hisobini yuritish lozim.