1.2. Xususiy kapitalning tarkibiy tuzilishi, uni tahlil etish, mazmuni va vazifalari. Iqtisodiyotni liberallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsion rivojlantirish nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki moliyaviy jihatdan ham mustahkam tayanchni talab etadi. Shu sababli, xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy salohiyatini baholashda oz mablaglarining qiymatiga, ularning jami kapital tarkibidagi salmogiga, majburiyatlarga nisbati chegaralariga muhim ahamiyat qaratiladi. Xususiy kapital korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi. Xususiy kapital tushunchalariga tariflar Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asosda hamda Hisob siyosati va moliyaviy hisobotda keltirilgan. Xususiy kapital (sarmoya) - subyektning majburiyatlami chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir. Subyekt majburiyatlari - subyekt (qarzdoming) boshqa subyekt (kreditor) foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to'lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayyan xatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o'z majburiy atlarini bajarishini talab qilishga haqlidir. Aktivlar - subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. Demak yuqoridagi tarif va tasniflashdan quyidagi bog'lanishni berib o'tish mumkin: Xususiy kapital (XK) = Aktivlar (A) – Majburiyatlar (M) Buxgalteriya balansidagi xususiy kapitalning miqdori aktivlar qiymatini va majburiyatlami baholashga bog'liqdir. Xususiy kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qo'shilgan, zaxira kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi. Zarur hollarda ustav, qo'shilgan zaxira kapitali tahliliy jihatidan hisobga olinadi. Ustav fondi- (ustav kapitali) tasis hujjatlarida belgilangan hissalaming (pulda ifodalangan holdagi) yig'indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar tasischilar (ishtirokchilar) o'rtasidagi kelishuvga ko'ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak. Qoshilgan kapital- aksiyalarrti nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini, shuningdek, ekvivalenti chet el valyutasida ifodalangan ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan kurs farqini aks ettiradi. Zaxira kapitali- uzoq muddatli aktivlami qayta baholashda hosil bo'ladigan inflyatsiya zaxiralarini, qonun hujjatlarida va tasis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda sof foydadan ajratmalami, shuningdek, tekinga olingan mol-mulkning qiymatini aks ettiradi.