Turli tizimli tillarda so`z yasash usullarining umumiy va farqli jihatlari



Yüklə 18,68 Kb.
tarix01.01.2022
ölçüsü18,68 Kb.
#106559


TURLI TIZIMLI TILLARDA SO`Z YASASH USULLARINING UMUMIY VA FARQLI JIHATLARI

O'zbek tili lug'at tarkibidagi (shuningdek nutqimizda qo'llanadigan) so'zlar dastlab tub va yasama so'zlarga bo'linadi.
Masalan: paxta-tub so'z, paxtakor esa yasama so'z; bug'doy, rang so'zlari alohida-alohida olinganda tub so'zlar, ammo bug'doy rang (rangning bir turi)-yasama so'z; tog'-tub so'z, ammo tog'ma-tog' yasama so'z; besh, o'n tub so'zlar, o'n besh yasama so'z; qo'l, so'zlari alohida-alohida tub so'zlar sanalsa, qo'l qo'ydi yaxlit holda yasama so'z hisoblanadi.
So'z yasovchi affiksi bo'lmagan so'zlar tub so'z deyiladi.
Ma'lum bir so'z negizida ma'no jihatidan (ba'zan ham ma'no, ham grammatik jihatdan) undan farqlaydigan yangi so'z (yangi leksik birlik) hosil qilish so'z yasash deyiladi, qiyoslang: ish- ishchan, jon-jonlandi, oq-oqla, g'alla-g'allazor.
Hozirgi o'zbek tilida so'z yasashning asosan ikki usuli ajratiladi:
1) affiksasiya (yoki morfologik) usuli;
2) kompozisiya (yoki sintaktik) usuli;
O'zakka so'z yasovchi qo'shimcha qo'shish orqali yangi leksik birlik hosil qilish affiksasiya usuli bilan so'z yasashdir.
Masalan: mevali daraxt, serhosil yer kabi birikmalardagi mevali, serhosil yasama so'zlar bo'lib, ular meva o'zagiga-li, hosil o'zagiga ser-affikslarini qo'shish orqali yasalgan so'zlardir.
Ikki va undan ortiq so'z formalarining (ko'pincha mustaqil so'zlarning qo'shilib (yoki tizilib) bir so'zga aylanishi kompozisiya usuli bilan so'z yasashdir.
Masalan: belbog', oshqazon, mehmondo'st, so'z boshi, bir yuz o'n, ahd qilmoq, bir oz va boshqalar.
Juftlik modeli (qolipi) da qo'llangan ayrim so'zlar ham yasama so'z sanaladi, masalan: yildan-yilga, zo'r-bazo'r, uyma-uy kabi.
O'zbek tilida so'zlar tuzilish jihatdan ham turlarga ajratiladi, chunonchi: sodda so'z, qo'shma so'z, juft so'z (takroriy so'z), murakkab so'z. Sodda so'z bitta o'zak morfemasi bo'lgan so'zdir. Masalan: bola, bolalik, bolalar, bolalarimiz kabi.
Kunboqar, gultojixo'roz, Oqqo'rg'on, sohibjamol kabi so'zlar qo'shma so'z deyiladi. Bu kabi so'zlar ikki va undan ortiq so'z yoki so'z formalaridan tashkil topib, bir urg'uga birlashadi va bir tushunchani ifodalaydi.
Tarkibi alohida-alohida yoziladigan leksik va grammatik ma'nolari ayrim holda ham, bir butunlik hosil qilgan holda ham izohlanishi mumkin bo'lgan so'zlar murakkab so'z deyiladi. Masalan: to'q sariq, och jigar rang, yigirma besh ming, borib keldi, sotib yubordi kabi.
Nutqimizda qo'llanadigan opa-singil, non-pon, tog'-tosh, onda-sonda, tez-tez, xirmon-xirmon, chala-chulpa, o'n-o'n besh, suv-puv kabi so'zlar juft so'z deb yuritiladi. Soʻz yasalishi - 1) muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz xrsil qilinishi). Mas, affiks yordamida Soʻz yasalishi (soʻzQla > soʻzla, maza Q li >mazali), "qil" yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi (tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda "yasalish" soʻzi "yasamoq" feʼlining majhul nisbat shakli hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi; birikmaning oʻzi esa lingvistik termin emas; 2) tilshunoslikning "Fonetika", "Leksikologiya"ga oʻxshash alohida sohasini (boʻlimini) bildiradi. Mac, oʻzbek tili morfologiyasi, oʻzbek tili sintaksisi, oʻzbek tili soʻz yasalishi. Bu oʻrinda "Soʻz yasalishi" birikmasi tilshunoslikka oid termin hisoblanadi. Tilshunoslikning bu boʻlimida yangi yasama suzlarning paydo boʻlishi va buning shartsharoitlari, yasama soʻz tarkibiy kismlarining (Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchining) mohiyati, shuningdek, Soʻz yasalishi bilan bogʻliq boshqa tushuncha va hodisalarning mohiyati oʻrganiladi. Mac, Soʻz yasalishi maʼnosi, Soʻz yasalishi tipi va qolipi, Soʻz yasalishi meʼyori, Soʻz yasalishi imkoniyati, Soʻz yasalishi dagi mahsullilikmahsulsizlik hodisasi, Soʻz yasalishi ning asosiy usullari, vositalari va boshqa Shu asosda tilning Soʻz yasalishi tizimi tagʻlil etiladi.

Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, yaʼni morfemaning bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama soʻzning tarkibi Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchidan iborat boʻladi: huquqshunos (huquq — Soʻz yasalishi asosi, shunos — soʻz yasovchi), tekislamoq (tekis — Soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi). Soʻz yasalishi asosi yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim — Soʻz yasalishi asosi, li — soʻz yasovchi). Oʻzbek tilida faqat mustaqil soʻzlardan, ularning ham ot, sifat, feʼl turkumiga oid soʻzlardan yangiyangi soʻzlar yasaladi. Demak, mustaqil suz turkumlaridan faqat ot, sifat va feʼl turkumlarigina Soʻz yasalishi tizimiga ega. Oʻzbek tili lugʻat (leksik) tarkibining boyishi, rivojlanishida Soʻz yasalishining muhim oʻrni bor. Azim Hojiyev.






Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.


Yüklə 18,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin