Motiv va motivatsiya haqida umumiy tushuncha.
O‗z navbatida, ehtiyojlarning rivojlanishi yanada samarali motivatsiya shakllanishiga olib keladi. «Motivlar shaxsning yo‗nalganligi bilan bog‗liq bo‗lib, inson o‗z oldiga qo‗ygan hayotiy muhim maqsadlari yig‗indisining ifodasi bo‗ladi. Motivlar yuzaga kelishida inson o‗zi uchun zarur ehtiyojlarni anglab boradi. Motivlar — bu ehtiyojlarning anglanishidir. Bir motiv inson shaxsi uchun muhim sanalgan bir necha ehtiyojlar asosida yuzaga kelishi mumkin.
Shu tariqa, motiv tushunchasining ta‘rifida mazkur tushunchaning ehtiyojga nisbatan muvofiqligi ifodalanadi yoki mazkur ehtiyojning his etilishi va qondirilishi yoki uning predmetli ehtiyoji tushuniladi (S. Rubinshteyn). Biroq ko‗pincha shaxsni faoliyatga undagan birgina motivni ajratib ko‗rsata olmaymiz, yagona motivni aniqlash mumkin bo‗lmaydi, sababi motivlar o‗zida qator pedagogik jarayonlar majmuini ifoda etadi. Anglash faoliyati tashqi va ichki motivlarni boshqarishi mumkin. Kasbiy ta‘lim sohasidagi faoliyat — insonning atrof-olamga faol munosabati shakli sifatida baholanadi. Motivlar yig‗indisi u yoki bu ijtimoiy ahamiyatli maqsadlar yutug‗i asosidagi ma‘lum bir vazifalarni amalga oshirishga yo‗naltirilgan ketma-ket sodir etiladigan harakatlar orqali ifodalanadigan xulqiy holatdir. Boshqacha aytganda, inson xulqi va u amalga oshiradigan harakatlari ichki va tashqi motivlari bilan boshqariladi.
Tashqi motivlar talabalarga ta‘lim muassasasi, jamiyat, ota-onalar, o‗qituvchilar, o‗qish jarayonida foydalaniladigan vositalar, jumladan, AKT va Internet ta‘sirida yuzaga kelishi, ichki motivlar esa subyektning xusu-siy ehtiyojlari, uning qiziqishlari, e‘tiqod va o‗zi tanlagan kasbiy faoliyatida o‗zini qayday tasavvur etishi, intilishlari bilan shakllanishi mumkin. Tashqi motivlar qandaydir tashqi talablar, ko‗rsatma va boshqa shakldagi ta‘sirlar ostida shakllanishi mumkin. Ichki motivlar esa o‗quvchining ichki ehtiyojlariga
asoslangan bo‗lib, ularning rivoji ta‘lim-tarbiya jarayonida kuchli rag‗batlantiruvchi omil bo‗lishi mumkin.
Motivatsiya (lot. motivatio) — subyektning qandaydir maqsadlar, qiziqishlari mavjudligi asosidagi faoliyatga tashqi va ichki xohishining ifodasidir. Motivatsiya barcha pedagogik ta‘sir tizimida shakllanadi, biroq avvalo bevosita o‗qish faoliyatida tarbiyalanadi. Ijobiy motivatsiyani shakllantirishda ta‘lim mazmuni, ta‘limni tashkil etish, shaxsiy o‗qitish kabi masalalar muhim o‗rin tutadi. Hozirga qadar fundamental bilimlar va amaliy muammolarini qamrab olgan motivatsiya nazariyasi aniq batafsil o‗z ifodasini topmagan. Motivatsiyaning quyidagi: bu subyektning ehtiyojlarini qondirishga bog‗liq bo‗lgan faoliyatga tomon intilishidir; ma‘lum kuchga predmetli-yo‗naltirilgan faollikdir; predmet (moddiy yoki ideal)ga qaratilgan faoliyatni uyg‗otuvchi va belgilovchi tanlovni amalga oshirish; shaxsiy harakat va intilishlar asosida yotuvchi anglangan sabablar ifodasi sifatidagi ta‘riflari mavjud. Motivatsiya tushunchasi inson faoliyatidagi xulq-atvorini tushuntirish uchun foydalaniladi hamda jarayon, uslub, vosita sifatida ifodalanadi. Uning evaziga insonni biror faoliyatni amalga oshirishga undovchi turtki kuchini motiv deb ataymiz. Umuman olganda, motiv insonda biror faoliyatni amalga oshirishga qiziqish uyg‗otuvchi, harakatga undovchi, rag‗batlantiruvchi ta‘sirdan iborat. U orqali esa inson o‗zligini namoyon etadi.
Dostları ilə paylaş: |