Qadim-qadimdan o’zbek va sharq klassiklari ijodida axloq-odob masalasi markaziy o’rin egallab kelgan. Kaykovusning “Qobusnomasi”dan tortib, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning nazmiy va nasriy asarlarida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul xaqoyiq” (Haqiqat sovg’alari), Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al adab Al-Mufrat kabi” jahonga mashxur asarlarida Alisher Navoiying o’lmas she’riyatida, Munis, Xorazmiy kabi shoirlar asarlarida axloq-odob masalalari yoritilgan. Koshifiyning asarlaridagi ta’lim-tarbiya, axloq masalalari ko’pchilik uchun andoza, na’muna, odob me’yori sifatida qisqa asosli, lo’nda qilib yozilgan. Koshifiyning fikricha, inson fazilati uning egallagan ta’lim-tarbiyasiga bog’liq. Shundagina u odobli hisoblanishi mumkin. “Odob -bu qalbni yomon so’zlardan va nojo’ya xulqdan saqlay olish, o’zini va o’zgalarni xurmat qila bilishdir”,- deydi olim.

Bola hayotida jismoniy va mehnat tarbiyasi
Bolalarning katta yoshdagilar bilan o’zaro muloqoti ularni har xil kasbdagi kishilar mehnati bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o’rinda tarbiyachining asosiy vazifasi bolalarda kattalar mehnatiga xurmatni tarbiyalash, ularning mehnat faoliyatini bolalarga tushuntirish va mehnat qilish extiyojini uyg’otishdir. Bolalarning mehnat to’g’risidagi tushunchalari qanday qilib kengayib va chuqurlashib borishi bolalar bog’chasi dasturda ko’rsatib berilgan. Kichik guruhdagi bolalar bog’chada ishlaydigan kishilarning mehnati, onaning uydagi yumushlari ko’chadagi transport vositalari bilan tanishtiriladi. O’rta guruh bolalarning mehnat turlari va mehnat jarayonidagi izchillik, mehnatda kerak bo’ladigan buyumlarning nomlari bilan tanishtiriladi.