Amaliy va o’yin metodlari — o’yin mashqlar, muammoli vaziyatlar, izlanuvchanlik faoliyati, pedagogik masalalarni yechish, didaktik va harakatli, saxnalashtirilgan o’yinlar, inssenirovka bolalarning hamma faoliyatiga raxbarlikni ham shu guruh metodlariga kiritish mumkin. Metodlar axloqiy tasavvur va tushunchalarni mustaxkamlashga, bolalarda axloqiy tajribani to’plashga, axloq me’yorlari va qoidalarini ongli ravishda egallab olishga yordam beradi. O’yin kichik bog’cha yoshidagi bolalar uchun mashq hisoblanadi va axloqiy xulq hamda odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli usulidir. Unga qoidalarni mashq qildirish foydali odatlarni qaytarish kabilar kiradi. Muammoli vaziyat o’zining ahamiyati jihatidan mashqqa juda yaqin turadi, ammo uning o’ziga xos tomoni bolada faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi

Tarbiyachi bolalarga hikoyadagi qaxramonlar xulqini baholashni tavsiya etadi. Bolalarning javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy insoniy xulq haqida bir fikrga kelinadi. Axloqiy tarbiya metodlaridan tarbiyachi bolalarda ijobiy axloqiy sifatlarni mustahkamlash bola xulqidagi salbiy tomonlarni bartaraf etish maqsadida foydalaniladi. Bunda tushuntirish, ishontirish, suxbat shakllari qulay bo’ladi. Rag’batlantirish va jazolash axloqiy tarbiyaning metodi bo’lib, u asosiy metodlarga ta’sir etishning o’ziga xos vositasi bo’lib xizmat qiladi. Tarbiyachi boladagi ijobiy xatgi-harakatni faollashtirish yoki bo’lmasa, bolani yomon qiliqlardan qaytarish uchun rag’batlantirishdan foydalaniladi. Bolalar bog’chasida rag’batlantirish shakllari: maqtash, ma’qullash, bolaga o’yinda bosh rolni berish. Jazo shakllariga esa tanbeh, ma’qullamaslik, yaxshi ko’rgan o’yinchog’ini bermaslik kiradi. Jismoniy jazo qat’iyan man etiladi. Jazoning bosh vazifasi yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish, yangisining yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik.