Turopereyting



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə10/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125
Turopereyting

Xizmatlar paketi. Kompleks xizmat ko‘rsatish o‘z ichiga turistik xizmatlar to‘plami turpaketni oladi. Turizmda xizmatlar turli tumandir: joylashtirish, ovqatlantirish, tashish, ekskursion, dam olish-ko‘ngilochar va maishiy xizmatlar, sport va kurort dasturlari, turistik safarlar va h.k.
Amaliyotda asosiy turistik mahsulot bu xizmat ko‘rsatish kompleksidir, ya’ni turistlarga yagona paketda sotiluvchi xizmatlarning standart to‘plami. Xizmatlar paketi (turpaket) - turoperator tomonidan yaratilgan va ma’lum xizmatlar to‘plami: tashish, joylashtirish, ovqatlanish, ekskursiyalar va h.k. xizmatlar to‘plamidan iborat turistik mahsulotdir. Turdagi xizmatlar paketi turist tomonidan tanlangan turistik dam olish turi bo‘yicha ularning ehtiyojlari va sayohat maqsadidan kelib chiqqan holda shakllantiriladi. Tur va uning paketini shakllantirishda turistlar bilan ishlashning ikki varianti mavjud:
1) buyurtmali turlar sotilishi;
2) inklyuziv turlar sotilishi.
Buyurtmali tur. Buyurtmali turlarning sotishda dasturni shakllantirish va xizmatlar tarkibini yaxlitlash turist hohishiga binoan, uning bevosita ishtirokida amalga oshiriladi. Turistga taklif etilayotgan dam olish maskanida turli xil tur xizmatlarning har biri bo‘yicha turli xizmat ko‘rsatish variantlari taklif etiladi:
joylashtirish-joylashgan joyi va turi, darajasi bo‘yicha turli xil mehmonxonalar;
ovqatlanish-turli variantlar (to‘liq yoki to‘liq yarim pansion, yoki umuman ovqatlanishsiz) shved stoli yoki “alya kort” va x.k.;
ekskursiyalar, xarid-ko‘ngilochar xizmatlar;
transport xizmatlari – aviauchish variantlari, temiryo‘l tashuvlar, avtomobil ijarasi va h.k. variantlari;
sport va davolanish kurort xizmatlari;
viza xizmatlari, shuningdek sug‘urta xizmatlari.
Yuqorida aytilganidek bunday turlarni tuzishda turistning o‘zi bevosita ishtirok etadi. Turist tomonidan talangan xizmatlar tur dasturiga shakllantirladi. Narx hisoblanadi, uni turist turpaketga ega bo‘lgach to‘laydi. Odatda bunday buyurmalar agentliklarda shakllantiriladi va so‘ng joriy uchun turoperatorga yo‘naltiriladi. Buyurtmalarning tez va sifati ajralishini ta’minlash uchun bugungi kunda xalqaro turizmda turagentliklar va operatorlik kompaniyalari tomonidan zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanmoqda. Xalqaro turizmda paketni yaxlitlash muammolari, narxni hisoblash va turni sotishni operativ hal qilish uchun kompyuter va telefaks aloqasidan keng foydalaniladi.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin