Turopereyting


Turoperator – turagentlik - turist



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə100/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   125
Turopereyting

Turoperator – turagentlik - turist. YUqorida qad qayd qilinganidek, turagentlik turoperator va turist o‘rtasidagi vositachi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari turagentlik alohida xizmatlarni turistlarga sotish bilan shug‘ullanadi (transport xizmatlari, chiqish xujjatlarini rasmiylashtirish, diskont kartochkalarini rasmiylashtirish, turistik adabiyotlarni sotish, fototasmalarni ishlov berish va h.k.). Ko‘pgina turoperatorlar bozorga o‘z xizmatlarini agentliklar orqali taqdim etadilar. Ulardan har biri o‘zining shaxsiy taqsimot kanalini shakllantirishga intiladilar.
Nima uchun turoperator sotish bo‘yicha o‘z ishini bir qismini vositachilarga berishga tayyor? Bu shuni anglatadiki, u qandaydir darajada tovar qanday sotilishi ustidan nazoratni yo‘qotadi. Yuqorida qayd qilingan turistik xizmatlarni o‘ziga xosligi (sezilmaslik, ishlab chiqarish va iste’mol jararyonlarni mos kelishi va h.k.) juda muhim hisoblanadi. Shunga qaramasdan ko‘pgina turoperatorlar vositachilardan foydalanish ularga ma’lum foyda keltiradi deb hisoblaydilar.
Taqsimot boshqaruvining asosiy elementlari:
Oliy boshqaruv organi namoyish etadigan taqsimot iqtisodiyoti;
Axborotlar oqimini yig‘ish, undan foydalanish va uning ustidan o‘z vaqtida nazorat qilish
Taqsimot bo‘yicha personalni umumiy malakasi va jo‘shqin xulq atvori shijoati.
Ko‘pgina turfirmalar rahbariyati taqsimotning a’lo tizimi firmani muvafaqiyatli raqobat qilishda hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydilar.
1. Taqsimot iqtisodiyoti. Taqsimot iqtisodiyoti kattagina darajada biznesni boshqa soxalaridagi qarorlar siyosati ta’siri ostida bo‘lganligi sababli boshqaruvda ehtiyotkorlik taqsimot samaradorligi va uning bahosida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
2. Axborotlar oqimi ustidan nazorat. Turxizmatlar sezilmasligi sababli ular to‘g‘risida axborotlarni olish va uzatish operativligi hamda samaradorligi taqsimot samaradorligida ahamiyatli rol o‘ynaydi.
3. Persanal malakasi. Sotishni muvafaqiyatli amalga oshirish uchun sotiladigan xizmatni batafsil bilishi, xizmatchilar malakasi juda muhimdir. Bu mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashga sotish xajmini oshirishga hamda harajatlarni kamaytirishga imkoniyat yaratadi. Ko‘p hollarda turfirmalarda shunday holat kuzatiladiki, ya’ni sotish bo‘yicha menejer taklif qilingan turistik yo‘nalish to‘g‘risida, xizmat ko‘rsatish dasturi mehmonxona, transfert, mintaqadagi ob-havo sharoitlari to‘g‘risida mukammal malumot berish holatida emas. Natijada hafsalasi pir bo‘lgan mijoz turni barcha tavsilotlarni yaxshiroq tushuntira oladigan, barcha savollarga to‘liq javob beradigan menedjer faoliyat ko‘rsatadigan boshqa firmaga o‘tib ketadi. Boshqa tomonidan yaxshi menejment tamoyillaridan foydalanadigan persanalni ratsional boshqarish turistlarga sifatli xizmat ko‘rstaishga erishish uchun tashkilotni barcha xizmatlarini muvofiqlashtirishni ta’minlashga qodirdir. Bu – ishonch, qaniqarlilik, konstruktiv yondashuv, menejmentni ratsional tarkibi, turfirma faoliyatining eng muhimlarini aniqlash.
Mehnat motivatsiyasiga firma xizmatchilarini ierarik ehtiyojini hisoblash yordamida erishladi.Rahbariyatning vazifasi ularni qoniqtiruvchi sharoitlarni yaratish, shu bilan xodimlarni intensiv va sifatli mehnatini motivlash. O‘z navbatida jo‘shqin va xushyor persanal rahbariyatga taqsimotni optimallashtirishga va nazoratga yordam berishi va hamkorlik qilishi mumkin.
Xulosa qilib, qisqacha samarali taqsimotning to‘rtta tamoyilini qayd qilishimiz mumkin:
1. O‘z sarf-harajatlarini bilish va nazorat qilish. Xatto kichik progress ham taqsimot tizimini har bir segmenti bo‘yicha harajatlarni bilmasdan mumkin emas. Mazkur ma’lumotlarga ega bo‘lib, rahbariyat kelajak muammolarini oldindan ko‘rishi, to‘g‘ri ustunliklarni belgilash, potensial jamg‘armalarni hisoblab chiqish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bo‘yicha mos ravishdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2. Taqsimotni muhimligini tushunish. Taqsimotning tushib ketishi ko‘pgina kompaniyalarni notinchligiga olib keluvchi foyda olish imkoniyati kabi ko‘rib chiqiladi. Ko‘p hollarda bu turistik biznesga jalb qilingan aniq harajatlar to‘g‘risida boshqaruvni oddiygina ogohlantirlmasligi oqibatida kelib chiqadi. Taqsimotni foydaligini va muqobil taqsimot shakllari hamda strategiyasini turli ta’sirlarini nafaqatgina oliy rahbariyat balki funksional bo‘linmalar rahbarlari ham sezishi zarur. Rahbariyat bitta sohadagi qarorlar umumiy harajatlar va ishlab chiqarishga ta’sir etishni tushunib etmagunga qadar, umumiy kam harajatli raqobatbardoshli tizimni olish uchun u bir harajatlarni boshqasiga almashtira olmaydi.
3. Maxsus usullarni ishlab chiqish. Ko‘pgina turfirmalar kompyuter texnikasi muammolaridan tushkunlikka tushmoqdalar, lekin ularga taqsimot vazifasini aniq tushunib etishga to‘g‘ri kelmayapdi. YAngi texnologiyalarga tashabusni batafsil bilimlari bilan birga qo‘shish g‘ayrati, shijoati, jonbozligi, tashabbuskorligi zarur.Agar texnika turfirmani maxsus o‘ziga xos talablariga javob bersangina u foyda keltirishi mumkin.
4. Taqsimotdagi ko‘nikmalar va imkoniyatlarni oshirish. Taqsimotni boshqarishda zarur bo‘lgan bilim va qobiliyat tashkiliy va vazifaviy aloqalarni almashtirish yo‘li bilan olishi mumkin emas. Ham oliy menejment doirasida ham firmani qolgan xodimlari doirasida yuqori darajadagi malaka va tajriba talab etiladi.



Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin