Turopereyting


Iste’molchilarni (turistlarni) va turagentlarni



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə113/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125
Turopereyting

23.2. Iste’molchilarni (turistlarni) va turagentlarni
rag‘batlantirish
Iste’molchilarni rag‘batlantirish vazifalari orasida asosiylari quyidagilardir: taklif etilayotgan turlar yoki alohida xizmatlarning nisbatan intensiv iste’mol qilinishini rag‘batlantirish, turistlarni ular avval foydalanmagan xizmatlarni sotib olishga undash, raqobatchilar xizmatlaridan foydalanayotganlar e’tiborini turistik taklifga jalb qilish.
Rag‘batlantirish vositalari:
turistik xizmatlar va safarlarni belgilangan muddatlardan oldin bron qilish hollarida e’lon qilingan narxlardan chegirmalar berish. Bu usul ko‘p sonli xaridorlarni turistik safarlarni avvaldan nisbatan past narxlarda sotib olish imkoniyati bilan qiziqtirish maqsadiga egadir;
agar turist safarning maksimal o‘zoq muddatli turini sotib olsa, qo‘shimcha 1-3 kun mobaynida bepul xizmat ko‘rsatishning taklif etilishi. Masalan, turist 20 kun muddatli tur sotib olsa, unga qo‘shimcha ravishda yana 1 -3 kun bepul xizmat ko‘rsata olishi mumkin;
kompleks xizmat ko‘rsatishga ba’zi bepul qo‘shimcha xizmatlarni qo‘shish (masalan, disko-klubga, plajga kirish, mini-golf, tennis kortlaridan foydalanish);
firma tomonidan matbuot, radio va TVda turizm savollari bo‘yicha viktorinalar o‘tkazish va g‘olib bepul turistik safar ko‘rinishida mukofot bilan taqdirlanadi. Shunday yo‘l bilan firma qo‘shimcha potensial mijozlar soni diqqatini o‘ziga jalb qiladi;
firma tomonidan tashkil qilinadigan tur bo‘yicha sayohat qilayotgan turistlarga bepul firma suvenirlarini (yo‘l sumkalari, ruchkalar va hokazolar) keng miqyosda berib chiqish. Urg‘u turistlar nazarida firma mavqeining oshirilishiga va ularni o‘z doimiy mijozlari qatoriga birlashtirishga beriladi;
firmaning doimiy mijozlarini mehmonxonalarda nisbatan hashamatli nomerlarda, restoranlarda, shinam joylarda joylashtirish, gullar, mevali vazalar, nisbatan qimmat suvenirlar taqdim etish, shuningdek, bayram munosabatlari bilan tabriknomalar yuborish, xizmat ko‘rsatishda alohida e’tibor ko‘rsatish;
yubiley (1-, 10-, 100-, 1000-) xaridorlarining tantanali marosimlarini o‘tkazish. Shu munosabat bilan matbuot, TV va radioda axborotlar berib borish. Yubilarlarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish yoki ularga imtiyozlar berish.
Turagentlarni rag‘batlantirish vazifalariga quyidagilar kiradi: o‘z savdo faoliyatlari ob’ektlari tarkibiga yangi turistik xizmatlarni kiritganliklari uchun ularni rag‘batlantirish, raqobatchilar tomonidan amalga oshirilayotgan rag‘batlantirish choralarining oldini olish, chakana firmalarda hamkorlikka tarafdorlikni shakllantirish, o‘z takliflari bilan yangi savdo nuqtalariga chiqish.
Rag‘batlantirish vositalari:
belgilangan kvotalardan ortiqcha sotilgan turistik sayohatlar uchun oshib boruvchi komissionlar belgilash;
guruhli sayohatlarga sotishlar hajmi oshgan hollarda, ayniqsa, nomavsum paytlarda e’lon qilingan narxlardan chegirmalar berish;
safar davomida turistik guruhni kuzatib boradigan chakana firmalar xodimlariga bepul xizmat ko‘rsatishni taklif qilish;
chakana turagentliklar vakillariga vakillik suvenir-sovg‘alarini taqdim etish;
turlar sotilishining imtiyozli shartlarda amalga oshiriladigan turistik birjalarini o‘tkazish(birinchi qo‘l huquqi, tabiiyki, e’lon qilingan narxlarga nisbatan arzon tariflar va chegirmalar);
potensial hamkorlar orasida kataloglarni tarqatish;
chakana turistik firmalar xodimlari uchun bepul yoki e’lon qilingan narxlardan yuqori darajadagi chegirmalar (75%) asosida tanishtiruv (reklama-ma’lumot) safarlarini tashkil qilish. Bunday safarlar davomida reklama turlari qatnashchilari uchun turizm industriyasi, turistik ob’ektlar bilan tanishtirishni o‘z ichiga oladigan dasturlar tashkil qilinadi, maxsus reklama-ma’lumot seminarlari o‘tkaziladi.
Tanishtiruv sayohatlari hozirgi turizm bozorida me’yor bo‘lib qolgan. Turagentlar uchun tanishtiruv sayohatlarini tashkil qilishning bir necha prinsiplarini sanab o‘tamiz:
bunday safarlar guruhlar direktorlari orasida emas, balki bevosita turlarni sotadigan menejerlar orasida (turagentliklar xodimlaridan) shakllantiriladi;
odatda, bunday turlarga o‘zlarini ko‘rsata olgan hamkorlar taklif qilinadilar;
bunday safarlar nomavsum mahali (mavsum boshlanishi oldidan) tashkil qilinadi;
tur dasturiga qabul qilishning moddiy bazasi hamda boshqa barcha asosiy va qo‘shimcha xizmatlar bilan tanishuv kiritiladi;
bunday safarlarda standart guruh odatda 15-20 kishini tashkil qiladi;
safarning standart davomiyligi - 1 hafta;
safar qatnashchilari faqat aviachiptalargagina pul to‘laydilar (bunday turlarni barcha xizmatlar bepul ko‘rsatiladigan rag‘batlantiruvchi turlar bilan chalkashtirish kerak emas);
tanishtiruv safarida qatnashgan aniq firmalardagi sotish natijalarini kuzatib borish amalga oshiriladi.
Rag‘batlantirish choralari umumiy marketing strategiyasi va nisbatan samarali vositalarni tanlash asosida rejalashtiriladi. Reklama faoliyati kabi sotishni rag‘batlantirish tadbirlari ham taqvimiy muddatlarda amalga oshiriladi. Bu muddatlar ham milliy, ham xalqaro turizmda keyingi yilda yirik turistik voqealar muddatlari bilan mos keladigan turistik safarlarning faol sotilish davri bo‘lishi mumkin. Rag‘batlantirish tadbirlari ma’lum harajatlar bilan bog‘liq bo‘lganligi tufayli ularni amalga oshirish uchun tegishli smetalarni tuzishni talab qiladi. Ajratiladigan mablag‘ miqdori, ko‘pincha, firmaning umumiy oboroti yoki daromadlaridan foizlar hisobida aniqlanadi. Bunda avvalgi yillar harajatlarini aniqlash kriteriysi bo‘lishi mumkin.
Sotish tadbirlarini yo‘lga qo‘yish bilan bir qatorda uning samaradorligini ham hisoblab borish lozim. Buning uchun turistlardan so‘rovlar usuli, sotilgan turistik xizmatlar hajmining o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlari bilan solishtirma tahlili kabilardan foydalaniladi.



Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin