Turopereyting


Turizmni tashviqot qilish



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə114/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125
Turopereyting

23.3. Turizmni tashviqot qilish
Turistik safarlarning sotilishini faollashtirish uchun sotishni rag‘batlantirish tadbirlari bilan bir qatorda turistik tashviqot ham bo‘lishi mumkin va lozim. Hozirda bu faoliyatni PR – pablik rileyshnz (publik relations) yoki pablisiti (publi-kity), ya’ni jamoat fikrini shakllantirish deb atashadi.
Tashviqot turistik firmaning mavjud yoki potensial mijozlari eshitishi, ko‘rishi va o‘qishi mumkin bo‘lgan barcha ma’lumot tarqatish vositalarida joy va vaqtning pul to‘lanadigan emas, balki tahririyat orqali foydalanishini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari tashviqot – bu yana xizmat ko‘rsatish va turistik korxonaning ijobiy obrazini yaratadigan ommaviy tadbirlarni tashkil qilish va unda qatnashish ham demakdir.
Turistik tashviqot manfaatdor mamlakatlar, regionlar, turistik markazlarga turistik safarlarni ommalashtirish, turistik firma, korxonalar mavqeini oshirish uchun qo‘llaniladi. Faoliyatning bu ko‘rinishi jamiyatda turfirma va uning faoliyat yo‘nalishlari haqida tushuncha hosil qilishni, turistik imidjni shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. SHu bilan birga firmaning yaxshi nomga ega bo‘lishi ta’minlash vazifasi ham qo‘yiladi. Bu vazifani hal etish uchun bir necha vositalardan foydalaniladi:
Bilish – hodisaviy xarakteridagi ma’lumotlarni joylashtirish va turistik xizmatlar va turistik obektlarga kitobxonlar e’tiborini jalb qilish uchun matbuot bilan munosabatlarni o‘rnatish va qo‘llab turish. Matbuot bilan munosabatlar turizm masalalarini yoritadigan jurnalistlarni taklif qilish, tanlangan yo‘nalish bo‘yicha firma hisobidan safarlar uyushtirish, turli qabullar, seminarlar, matbuot konferensiyalariga taklif qilish orqali o‘rnatiladi.
Umumfirma kommunikatsiyasi –jamoatchilikning firma xususiyatlari bilan nisbatan chuqurroq tushunishini ta’minlashga qaratilgan faoliyatdir. Bunday kommunikatsiyaga firmaning xayriya tadbirlarida, jamoat jamg‘armalarida qatnashishi, shuningdek, homiylik qilishi misol bo‘la oladi.
Mahsulot tashviqoti – ma’lum turistik xizmat, dastur, yo‘nalishlarni ommalashtirish bo‘yicha turli ko‘rinishlarni birlashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Bunday tashviqotga turizm, firma kunlarini; «Turizm va sport», «Turizm va ekologiya» kabi tashviqot kompaniyalarini o‘tkazish kiradi.
Lobbizm – joriy faoliyatning rasmiy organlar kelishishi lozim bo‘lgan masalalarini hal etish, qandaydir qonunning qabul qilinishi yoki uning bekor qilinishiga erishish maqsadida qonun chiqaruvchi, hukumat va rasmiy mansabdorlar bilan ishlash.
Maslahat berish – rasmiy organlarga turizmning jamiyatdagi ahamiyati va turistik firma faoliyati masalalari bo‘yicha tavsiyalar berish.
Tashviqot (PR) jamiyat xabardorligini sezilarli darajada oshiradi va reklamaga nisbatan ancha arzonga tushadi, chunki ma’lumot tarqatish vositalarida na joy, na vaqt uchun haq to‘lanmaydi.
Muvaffaqiyatli tanlangan turizm mavzusi bevosita turizm bo‘yicha mutaxassis bo‘lmagan jurnalistlarning keng doirasini qiziqtirib qo‘yishi mumkin. Turizm mavzusidagi ma’lumotlar iqtisodiyot, ijtimoiy muammolar, sanoat, sport, atrof-muhitni yoritadigan rubrikalar ostida ham o‘z o‘rnini topishi mumkin.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin