Muzey bilan shartnoma: ekskursiyalar va ular tematikasi;
guruhdagi ekskursantlar soni;
ekskursiya narxlari (guruhli va individual-ajratilgan, yosh bo‘yicha va hokazo);
muzeyga guruhli tashrif buyurish uchun chegirmalar;
ekskursiyalarni o‘tkazish uchun talabnomalar berish muddatlari;
talabnomalarni bekor qilish muddatlari;
tomonlardan birining aybi bilan muzey ekskursiyasidagi uzilishlar uchun moddiy javobgarlik kabilarni o‘z ichiga oladi.
Turpaketga qo‘shilmagan qo‘shimcha xizmatlarni ham unutmaslik lozim. Ular turistlarga joyida alohida haq to‘lash evaziga ko‘rsatiladi. Bular, odatda, o‘ziga xos ekskursiyalar, shou, dengiz, tog‘ yoki daryo sayrlari, akvapark, milliy parklar va qo‘riqxonalarga tashrif buyurish, tog‘lar va qumliklar bo‘ylab safar, ov, baliq ovi va boshqalardir. Bu xizmatlar bilan turistlarni ta’minlash va guruhli tashrif buyurishda chiptalarni sotib olish hisobiga imtiyozli narxlarga ega bo‘lish maqsadida bu xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxonalar bilan alohida shartnomalar tuziladi.
Retseptiv turoperatorlar, ko‘p hollarda, o‘z mamlakatida qabul qilish bilan shug‘ullanishadi va o‘z mamlakatidagi xizmatlar etkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzadi. Initsiativ turoperatorlar bo‘lsa, eslatib o‘tganimizdek, xorijiy va hududiy xizmatlar etkazib beruvchi korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki mahalliy Retseptiv turoperatorlar vositachiligida ishlaydilar. Ammo bu ularning vositachilarsiz xizmatlar etkazib beruvchilarga chiqa olishmaydi degani emas. Bunday hodisalar turizm bozorida yirik, ko‘pincha, transmilliy kompaniyalar orasida uchrab turadi. Initsiativ va Retseptiv turoperatorlarning xizmatlar etkazib beruvchilar bilan shartnoma faoliyatlari deyarli bir-biridan farq qilmaydi, lekin qator xorijiy mamlakatlarda o‘z xususiyatlari mavjuddir.
Ko‘pchilik turistik firma va korxonalar xalqaro bozorga mustaqil ravishda chiqishadi. Muhimi avval boshdan boshlab xorijiy hamkorlar bilan tuziladigan shartnomalarning o‘zaro manfaatliligi va qonuniyligiga e’tibor berish lozimdir. Bunday shartnomalar tuzishda tashqi iqtisodiy bitimlarni tartibga soladigan me’yoriy hujjatlarni hisobga olish lozim, chunki bu zarur hollarda o‘z huquqlarini himoya qila olishi lozim, bundan tashqari hozirda jahon amaliyotining amal qilishi ikkala tomonga ham qulay shartnoma shartlariga erishishga imkon beradigan umumiy qabul qilingan shartnoma munosabatlarini ishlab chiqqan.