Xizmat etkazib beruvchilar. Turistlarga xizmat ko‘rsatishda sayohat vaqtida ko‘pgina turli tuman tashkilotlar va korxonalar qatnashadi. Ularga joylashtirish vositalarini taqdim etuvchi tashkilotlar (mehmonxona, turbaza, motellar va h.k.). Umumiy ovqatlanish korxonalari (restoran, kafe, oshxona va h.k.). Ekskursion tashkilotlar, transport kompaniyalari, shou, kino va video va h.k. Shunga o‘xshash tashkilotlar, sport tashkilotlari, rekreatsion tashkilotlar. Maishiy xizmat firmalar, savdo va h.k. turli tashkilotlar. Tur davomida turistlarga kompleks xizmat ko‘rsatishda ishtirok etuvchi barcha korxona va tashkilotlarni turizm amaliyotida xizmatlar etkazib beruvchilar deb nomlash qabul qilingan.
Turistik mahsulotni yaratish va sotishdagi turoperatorning roli haqida so‘z ketganda xizmatlar etkazib beruvchilarining asosiy ekanligini ham unutmaslik lozim. Chunki, turist tomonidan mahsulotni sifatli deb tan olinishi har bir alohida xizmatning hususiyatlariga bog‘liq. Shuning uchun turdasturlarini tuzishida xizmatlar etkazib beruvchilariga alohida e’tibor beriladi va xizmatlar etkzib beruvchilar bilan ishlashda:
hamkor tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatiga jiddiy yondashuv. Shuningdek ushbu firmaning bozordagi obro‘yini inobatga olish;
mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish korxonalari, transport xizmatlari turi va darajasining konkret tur mo‘ljallangan turizm turi va iste’molchilarning ijtimoiy bo‘g‘iniga muofiqligi;
hamkorlik bo‘yicha shartnomaviy xujjatlashtirishga jiddiy va e’tiborli yondashuv chunki bu kelajakda firma obro‘ysiga ta’sir ko‘rsatish mumkin.
3.2. Joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari Jahon amaliyotida “turistlarni joylashtirish vositalari”ning umumiy qabul qilingan ta’rifi mavjud emas, biroq BTT ekspertlari «doimiy (yoki ba’zan) turistlarni tunab qolishlari uchun joy beradigan istalgan ob’ekt»larni shundaylar deb hisoblasa bo‘lishini ta’kidlaydi.
Shuningdek, joylashtirish vositalari ikki asosiy guruhga bo‘linadi:
- kollektiv (KJV); - individual (IJV). BTT ekspertlari fikricha, turistlarni kollektiv joylashtirish vositalari “sayohatchiga xona yoki boshqa binoda kechasi tunab qolishga joy berishi mumkin bo‘lgan ob’ekt” sifatida taklif berish mumkin. Biroq undagi joylar soni alohida oila birligi a’zolari sonidan kam bo‘lmasligi, barcha joylar (ushbu binodagi) tijorat tipidagi yagona rahbariyatga bo‘ysunishi lozim.
KJV mehmonxonalar va analogik binolarni, maxsuslashtirilgan va boshqa kollektiv binolarni o‘z ichiga oladi.Joylashtirish vositalari ma’nosi turli davlatlarda turlicha talqin qilinishi mumkin: bir mamlakatda mavjud joylashtirish vositasi, ikkinchi bir davlatda umuman bo‘lmasligi mumkin. O‘zbekistonda 2000 yil yanvardan boshlab mehmonxonalar yulduzli klassifikatsiyasi qabul qilingan.
Turistlarni joylashtirish vositalari xalqaro tavsiyalarga asoslanib to‘rtta guruhga ajratiladi:
I.Mehmonxonalar va analogik korxonalar: - mehmonxonalar;
- pansionatlar;
- plyaj mehmonxonalari;
- nomerlari bor klublar;
- mehmonlar uchun uylar;
- boshqalar.
II. Tijorat va ijtimoiy joylashtirish vositalari:
- turistik bazalar;
- arzon (budjetli) mehmonxonalar;
- turistik kempinglar;
- turistik qishloq (uylar guruhi);
- bungalo;
- ijtimoiy turizm korxonalari;
- boshqa joylashtirish vositalari.
III. Maxsuslashtirilgan joylashtirish vositalari: - davolash mehmonxonalari;
- mehnat va dam olish lagerlari;
- joylashtirishning transport vositalari;
- mehmonxona;
- boshpana, chaylalar;
- alpmehmonxona.
IV. Xususiy joylashtirish vositalari: - xususiy uylar (mehmonxona);
- xususiy agentlardan ijaraga olingan joy;
- aholi orasidagi qarindoshlarnikiga joylashtirish;
- boshqalar.
Keltirilgan uslubiy joylashtirish vositalari klassifikatsiyasi BTT tomonidan tavsiya etilgan. Turistik mehmonxona - bu mehmonxonalarning alohida turi bo‘lib, turistlarga sayohat bilan bog‘liq xizmatlarni taklif etadi. Tabiiyki, turist oddiy mehmonxonadan foydalansa bo‘ladi, ammo unda turistik mehmonxonalardagi kabi sharoitlar bo‘lmaydi.
Barcha turistik mehmonxonalarda to‘rtta asosiy xizmatlar guruhi mavjud:
1. Joylashtirish;
2. Ovqatlantirish;
3. Hordiq chiqarish;
4. Maishiy xizmat ko‘rsatish.