Turopereyting


Havo transportida sayyohlarni tashish



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə19/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125
Turopereyting

Havo transportida sayyohlarni tashish. Aviatashuvlar boshqa transport vositalari bilan xizmat ko‘rsatishga nisbatan bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu, eng avvalo, ob-havo sharoitiga bog‘liqligi hamda samolyotlarning uchish va qo‘nish joylaridagi landshaft bilan bog‘liq. Bundan tashqari, harakatlanadigan tarkibdan foydalanish shart-sharoitlari aeroportlarni aholi yashaydigan joylardan tashqariga chiqarishga majbur qiladi va yo‘lovchilar bevosita uchishga tayyorgarlik ko‘rishi uchun ancha ko‘p vaqtni taqozo etadi. Shunga qaramay, aviatashuvlar o‘zining asosiy ustunligi – manzilga juda tez eltib qo‘yishi bilan er usti va suv transporti bilan jiddiy raqobatlashadi. Aviatashuvlar yo‘lovchilar va bagajni tashishning o‘ziga xos turi bo‘lib, aviatsiya korxonalari tomonidan havo kemalarida belgilangan haq evaziga, shuningdek tashuvchining er usti transportlarida amalga oshiriladi.
Ichki aviatashuv – jo‘nash joyi, borish manzili hamda barcha qo‘nish joylari bir davlat hududida joylashgan bo‘lib, havoda yo‘lovchi va yuk tashish.
Xalqaro aviatashuv – jo‘nash joyi va borish manzili ikki davlat hududida; agar boshqa davlat hududida qo‘nish nazarda tutilgan bo‘lmasa, bir necha davlat hududida joylashgan havoda yo‘lovchi va yuk tashishdan iborat.
Avtobus – o‘tirish uchun 8 kishidan ortiq o‘rindiqli (haydovchining o‘rindig‘idan tashqari) yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan dvigateli avtotransport vositasi. Avtobuslar belgilangan marshrutlar bo‘yicha nazarda tutilgan bekatlarda yo‘lovchilarni olgan va tushirgan holda yoki buyurtmachi – yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan belgilangan marshrutlar bo‘yicha yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan.
Odamlarni suvda tashish transport vositalari yordamida sayohat qilishning eng qadimgi turlaridan biridir. Dastlab odamlar buning uchun yog‘och sollar va qayiqlardan foydalanganlar. 1958 yilda tuzilgan Xalqaro dengiz tashkiloti – IMO (International Maritime Organization) dengizda kema qatnovi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlardan biri hisoblanadi. U dengizda yo‘lovchi va yuk tashish sohasida, shu jumladan dengizda suzish xavfsizligi va dengizni ifloslanishdan saqlash bilan bog‘liq xalqaro hujjatlarni ishlab chiqadi. Ushbu tashkilot faoliyati natijasida dengizda xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi va yuk tashish masalalarini tartibga soluvchi bir qancha konvensiyalar imzolandi: «Dengizda inson hayotini qo‘riqlash to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1974); «Dengizda yo‘lovchi va yuk tashishning ba’zi bir qoidalarini yagonalashtirish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1967); «Dengizda yo‘lovchi tashishning ba’zi bir qoidalarini yagonalashtirish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1981); «Dengizda halokatga uchraganlarni qidirish va qutqarish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiya» (1979); «Dengizni chiqindilar va boshqa materiallar bilan ifloslanishining oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiya» (1972) va b.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin