Turopereyting



Yüklə 406,27 Kb.
səhifə25/125
tarix10.12.2023
ölçüsü406,27 Kb.
#139569
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125
Turopereyting

Zamaxshariy (1075-1144). Abdulqosim Maxmud ibn Umar az-Zamaxshariy 1075 yilning 19 martida Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tug‘ilgan. U hayoti davomida tinmay sayohat qilgan. Sayyoh-olim SHarq, xususan, musulmon mamla katlarini 1100-11220 va 1127-1139 yillarda ikki marta aylanib chiqqan. Zamaxshariy Xuroson, Eron,Arabiston, Iroq, YAman, Suriya, Marv, Nishopur, Isfaxon, Bag‘dod, Xijoz, Damashq va Makka shaharlarida bo‘lib asarlari uchun boy manbalar to‘plagan. Uning qomusiy asari-“Al-Kashshof“ asari Qur’on tafsiriga oid o‘rtasida eng mukammal ekanligi shaqshunos va arbshunos olim lar tomonidan tan olingan. Shu sababli, mazkur asar dunyoning turli mamlakat larining universitetlarida asosiy darslik sifatida hozirgacha qo‘llanilib kelinmoqda.
Abdurazzoq Samarqandiy (1423-1482). 1441-1444 yillarda (Afanasiy Nikitindan 25 yil oldin, Vasko da Gamadan 56 yil oldin) Hindistonga dengiz orqali borish yo‘lini birinchi bo‘lib bosib o‘tgan va ushbu yo‘nalishdagi hududlarni geografik jihatdan tasvirlab bergan sayyoh, vatandoshimiz Abdurazzoq Samarqandiydir. U sayohat davomida Xurosonning qumli cho‘llari, Markaziy Osiyoning janubi, Ozarboyjon, Eron, Iroq orqali o‘tib, Fors ko‘rfazidan Arabistonga chiqqan va mazkur dengiz orqali Hindistonga etib borgan. Hindistonga borgan mashxur rus sayyohi Afanasiy Nikitin va golland sayyohi Vasko da Gamalar Hindistonga dengiz yo‘li bilan borishda vatandoshi miz Abdurazzoq Samarqandiyning asarlaridan foydalanganliklarini yozib qoldirgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530). Zahiriddin yoshlik chog‘lari danoq turli sayohatlarni yaxshi ko‘rgan. U 15-16 yasharligida Farg‘ona, Samarqand va Toshkent hududlarini bir necha marta aylanib chiqqan. 19 yoshga to‘lganda Hisor tarafidan toqqa ko‘tarilib Fandaryo va Iskandarko‘l orqali Zarafshon vodiysiga o‘tib Smarqandga kelgan. Boburning yozishicha, 21yoshigacha Farg‘onadan Buxorogacha, Toshkentdan Hisor va Hirotgacha bo‘lgan barcha shahar va qishloqlarda hamda dashtu tog‘larda bo‘lgan. U umrining 30 yilini safar larda o‘tkazdi. Sayohatlari davrida o‘zining shoh asari “Boburnoma” uchun boy ma’lu motlar to‘plagan.
“Boburnoma” O’rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindiston davlatlarining geogra fiyasi, tarixi. ijtimoiy- iqtisodiy hayoti, tabiati, etnografiyasi va tibbiyo tiga oid muhim ma’lumotlar to‘plami jihatidan dunyodagi eng mukammal asarlar ro‘yxatiga kiritilgan. “Boburnoma”da 1000 dan ortiq geografik nomlar-mamlakat, shahar, hishloh, qal’a, dasht, tog‘, dovon, dara, daryo, ko‘prik, kechuv, ko‘l, chashma, bog‘, yaylov va joylarning nomlari keltirilgan.

Yüklə 406,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin